12 931.940 so‘m

decrease

-8.170

14 107.450 so‘m

increase

51.900

150.180 so‘m

increase

4.560

12 931.940 so‘m

decrease

-8.170

04-mart, 18:31
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda yillik inflyatsiya 10 foizdan oshdi

Fevraldagi oylik narxlar oshishida eng koʻp narx koʻtarilishi aviachipta, meva-sabzavot va propan hisobiga toʻgʻri keldi.


Yillik inflyatsiyada esa, eng koʻp elektr, gaz va yoqilgʻining boshqa turlarida oʻsish kuzatilgan.

Oʻzbekistonda yillik inflyatsiya 10 foizdan oshdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, isteʼmol narxlari indeksi (INI) joriy yil fevral oyida 0,5 foizga oshgan. Yillik inflyatsiya esa 10,1 foizga yetgan. Fevral oyidagi narxlar oʻsishi 2023-yildan beri eng yuqori darajaga yetdi.

Mazkur oyda oziq-ovqat narxlari 0,6 foizga, yil boshidan beri esa 1,4 foizga oshdi. Yillik inflyatsiya esa soʻnggi besh yillikdagi eng past koʻrsatkich – 2,9 foizga yetdi.

Oʻtgan oyda sabzavot mahsulotlari narxi 5,4 foizga, goʻsht mahsulotlari esa 2,1 foizga koʻtarildi. Mol goʻshti oʻtgan yil fevralidan beri 18,5 foizga (oylik 2,8 foiz) oshgan boʻlsa, shu davrda qoʻy goʻshti narxi 19,4 foizga (oylik 2,4 foiz) yuqoriladi. Shu bilan birgalikda, tuxum narxi 12 foizga, bugʻdoy uni 5 foizga, guruch mahsuloti 3,9 foizga va shakar narxi 1 foizga arzonladi.

Meva-sabzavot mahsulotlari orasida pomidor narxi 30,1 foizga, karam 17,8 foizga va bodring narxi 17,3 foizga yuqoriladi. Bu toifada faqat banan narxi 3,6 foizga arzonlagani kuzatildi.

Kiyim va poyabzal narxlari mos ravishda 0,2 va 0,3 foizga qimmatlashdi. Yillik inflyatsiya kiyim narxlarida 5,3 foizni, poyabzalda esa 4,8 foizni tashkil etdi.

Ijara narxlari oy davomida 0,5 foizga oshib, yillik narx oshishi 13,5 foizga yetdi. Elektr, gaz va yoqilgʻining boshqa turlari narxi 0,1 foizga yuqoriladi. Bir yil ichida esa narxlar 68,5 foizga koʻtarilgan. Jumladan:

  • tarmoq gaz narxi 129 foizga,
  • elektr energiyasi narxi 67 foizga,
  • markaziy isitish xizmati narxi 36,7 foizga,
  • issiq suv taʼminoti narxi 32,7 foizga oshdi.

Propan narxi fevral oyida 4,3 foizga oshib, yillik qimmatlashish 11,3 foizga yetgan. Benzin esa 0,4 foizga oshib, yillik 2,9 foizga yetdi.

Aviachipta narxlari fevral oyida keskin 22,4 foizga oshdi. Poyezd xizmatlari esa 4,5 foizga qimmatlab, yillik inflyatsiya 18,6 foizga yetdi.

Umumiy holatda pullik xizmatlarga boʻlgan narxlarning oylik oʻsish surʼati 2021-yildan beri eng yuqori darajaga – 0,8 foizga yetdi. Yillik oʻsish surʼati esa fevral oyida 27,1 foizga yetdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+