12 158.590 so‘m

decrease

-39.690

14 238.920 so‘m

decrease

-2.570

157.880 so‘m

increase

1.310

12 158.590 so‘m

decrease

-39.690

4 soat avval
Soliq
41

Oʻzbekistonda xonandalar toʻlayotgan soliq keskin kamaygani maʼlum boʻldi

Soʻnggi bir yil ichida Oʻzbekistonda xonandalar tomonidan toʻlanayotgan daromad soligʻi keskin kamaygan. 

Adliya vazirligi maʼlumotiga koʻra, 2024 yilda 2 mingdan ortiq xonandaga 1,1 mlrd soʻm soliq hisoblangan boʻlsa, 2025 yilda deklaratsiya topshirgan sanʼatkorlar soni ham, soliq tushumlari ham bir necha baravarga kamaygan. 

Maʼlumotlarga koʻra, bitta sanatkor bir yilda oʻrtacha 505 ming soʻm soliq toʻlaydi.

Oʻzbekistonda xonandalar toʻlayotgan soliq keskin kamaygani maʼlum boʻldi
Foto: AI/Pinkod.uz

10 aprel kuni sanʼatkorlardan har bir toʻy yoki konsert uchun soliq undirishga qaratilgan Prezident qarori loyihasining jamoatchilik muhokamasi yakunlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur normativ-huquqiy hujjat loyihasi soʻnggi yillarda jamoatchilik eʼtiboriga havola etilgan eng dolzarb loyihalardan biri sifatida baholanib, jami 16 mingga yaqin marotaba koʻrib chiqilgan hamda fuqarolar tomonidan 130 ta taklif va mulohazalar bildirilgan.

Vazirlikka koʻra, qaror loyihasi sohaga oid qonunchilik va amaldagi tizimning taʼsirini baholash natijalari asosida ishlab chiqilgan. “Uning asosiy maqsadi Soliq kodeksida belgilangan soliq solishning majburiyligi va adolatliligi prinsiplarini taʼminlashdan iborat”, — deyiladi xabarda.

Tahlillarga koʻra, 2024 yilda 2 020 nafar xonandaga jami 1,1 mlrd soʻm daromad soligʻi hisoblangan. Bu bir nafar xonandaga yiliga oʻrtacha 544,5 ming soʻmdan toʻgʻri keladi.

2025 yilda esa soliq deklaratsiyasini topshirgan xonandalar soni ham, ularga hisoblangan soliqlar ham keskin kamaygan. Natijada 305 nafar sanʼatkorga jami 154 mln soʻm soliq hisoblangan boʻlib, bu bir xonandaga yiliga oʻrtacha 505,6 ming soʻmni tashkil etadi.

Adliya vazirligi ushbu holat sohada soliq maʼmurchiligini takomillashtirish hamda yagona va shaffof raqamli hisob tizimini joriy etish zarurligini koʻrsatayotganini taʼkidladi.

Qaror loyihasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat vazirligi, Raqobat qoʻmitasi hamda Soliq qoʻmitasi kabi manfaatdor idoralar bilan kelishilgach jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan. Bildirilgan barcha taklif va mulohazalar oʻrganilib, loyiha takomillashtiriladi va yuqori turuvchi idoralarga kiritiladi.

Mavzuga oid: Sanʼatkorlar soliq toʻlashga qarshi: aslida ular ham boshqalar kabi soliq toʻlashi kerak emasmi?

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+