12 023.610 so‘m

increase

9.240

13 236.790 so‘m

decrease

-43.890

145.540 so‘m

decrease

-0.650

12 023.610 so‘m

increase

9.240

Yaqin 3 soat ichida
Bank
21

Oʻzbekistonda UZCARD va HUMO kartalari Apple Pay xizmatiga ulandi

Endilikda Xalq bankining UZCARD va Octobank’ning HUMO kartalari orqali iPhone hamda Apple Watch qurilmalarida kontaktsiz toʻlovlarni amalga oshirish mumkin. Kelgusida boshqa banklar chiqargan milliy kartalarni ham xizmatga ulash rejalashtirilmoqda

Oʻzbekistonda UZCARD va HUMO kartalari Apple Pay xizmatiga ulandi

17 noyabrdan boshlab Oʻzbekistonda UZCARD va HUMO milliy toʻlov tizimlari kartalarini Apple Pay xizmatiga ulash imkoniyati yaratildi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Dastlabki bosqichda xizmat Xalq banki tomonidan chiqarilgan UZCARD hamda Octobank’ning HUMO kartalari uchun ishga tushirildi.

Mazkur banklar mijozlari oʻz kartalarini Apple Wallet ilovasiga qoʻshib, iPhone, Apple Watch va boshqa mos Apple qurilmalari orqali kontaktsiz toʻlovlarni amalga oshirishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Apple Pay Oʻzbekistonda 27 oktabr kuni rasman ishga tushirilgan edi. Dastlab xizmat ayrim tijorat banklari tomonidan chiqarilgan Visa va Mastercard kartalarini qoʻllab-quvvatlagan. Oradan uch hafta oʻtib, unga milliy toʻlov tizimlari kartalari ham qoʻshildi.

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda milliy toʻlov tizimlari kartalarini Apple Pay xizmatiga integratsiya qilgan birinchi davlatga aylandi. Regulyator mamlakatni MDH doirasida ham milliy kartalari Apple Pay orqali qoʻllab-quvvatlanayotgan yagona davlat sifatida qayd etdi.

Hozircha yangilik barcha UZCARD va HUMO kartalariga taalluqli emas. Boshqa tijorat banklari tomonidan chiqarilgan milliy kartalarni ham Apple Pay xizmatiga ulash imkoniyati banklar va toʻlov tizimlarining texnik tayyorgarligiga qarab bosqichma-bosqich kengaytiriladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+