Oʻzbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 70 mlndan oshdi
2026 yil 1 mart holatiga koʻra, Oʻzbekistonda muomaladagi bank plastik kartalari soni 70 951 598 taga yetdi va bir oy ichida 1,7 milliontaga koʻpaydi. Bank kartalari soni eng koʻp boʻlgan bank “Xalq Banki” boʻlsa, eng tezkor oʻsish dinamikasi Uzum Bank’da kuzatilgan.

Oʻzbekistonda muomaladagi bank kartalari soni 70 mlndan oshdi. Bu haqda Markaziy bank maʼlumotlarida keltirilgan.
Joriy yilning 1 mart holatiga koʻra, muomaladagi bank plastik kartalari soni jami 70 mln 951 ming 598 tani tashkil etdi. Bir oyda kartalar 1 mln 719 257 taga koʻpaygan.
Muomaladagi bank kartalari soni boʻyicha eng yuqori koʻrsatkichga ega top-10 ta bank (2026 yil 1 mart holatiga):
- Xalq banki — 11,1 mln
- Agrobank — 6,6 mln
- Uzxum Bank — 6 mln
- Ipoteka-bank — 5,4 mln
- Anor bank — 4,36 mln
- Milliy bank — 4,27 mln
- TBC bank — 4,2 mln
- Hamkorbank — 4,1 mln
- Ipak Yoʻli banki — 3,7 mln
- Oʻzsanoatqurilishbanki — 2,9 mln
Toʻlov terminallari va ulardagi tushumlar
Bir oyda oʻrnatilgan toʻlov terminallari soni 6 173 taga oshib, respublika boʻyicha jami 439 462 tani tashkil etdi. Terminal oʻrnatish boʻyicha mutlaq yetakchi Hamkorbank boʻlib, uning hissasiga 59 903 ta terminal toʻgʻri keladi. Undan keyingi oʻrinlarni Xalq banki (33 525 ta) va Agrobank (32 493 ta) band etgan.
Yanvar-fevral oylarida terminallar orqali tushgan umumiy tushumlar hajmi 82,9 trln soʻmdan (82 925 mlrd soʻm) ortiqqa yetdi. Biroq fevral oyida tushum 2,3% ga biroz qisqargan. Umumiy aylanmada quyidagi banklar eng yuqori natijalarni koʻrsatgan:
- Aloqabank: ~10,39 trln soʻm
- TBC bank: ~6,52 trln soʻm
- Milliy bank: ~6,17 trln soʻm
- Mikrokreditbank: ~5,0 trln soʻm
- Uzum Bank: ~4,94 trln soʻm
Bankomatlar va infokiosklar
Banklar va toʻlov tashkilotlari tomonidan oʻrnatilgan bankomat va infokiosklar soni bir oyda qariyb 3 mingtaga oshib, 45 311 taga yetdi.
- Toʻlov tashkilotlari: 26 722 ta qurilma bilan bozordagi umumiy ulushning salkam 59% qismini egallab turibdi.
- Tijorat banklari orasida: Eng koʻp bankomat va infokiosklarga xizmat koʻrsatish boʻyicha Xalq banki (3 132 ta), Agrobank (1 823 ta) hamda Kapitalbank (1 487 ta) yetakchilik qilmoqda.









