11 949.030 so‘m

decrease

-52.910

13 921.810 so‘m

decrease

-52.050

166.280 so‘m

decrease

-0.390

11 949.030 so‘m

decrease

-52.910

6 соат аввал
Bank
38

Oʻzbekistonda kichik biznes kreditlari uchun raqamli platforma 1 iyulgacha ishga tushiriladi

Shuningdek, kichik va oʻrta biznes vakillari bitta ariza orqali bir nechta bankdan tijoriy taklif olishi mumkin boʻladi.

Oʻzbekistonda kichik biznes kreditlari uchun raqamli platforma 1 iyulgacha ishga tushiriladi
Foto: AI/Pinkod.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 may kuni moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish va kichik hamda oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlashni kengaytirishga qaratilgan qarorni imzoladi

Hujjatga koʻra, 2030 yilgacha kichik va oʻrta biznesga ajratiladigan kreditlar portfelini 3 barobarga oshirish, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 20 foizga yetkazish maqsad qilingan.

Qarorda tadbirkorlar uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanishni soddalashtirish, kredit olish jarayoniga raqamli yechimlar va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish belgilangan.

Xususan, 2026 yil 1 iyulgacha raqamli moliyaviy platforma ishga tushiriladi. Platforma orqali tadbirkorlar kredit olish uchun bitta ariza yuboradi va bir nechta bankdan tijoriy taklif olish imkoniyatiga ega boʻladi.

Shuningdek, 2026 yil 1 dekabrdan platforma doirasida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda alternativ skoring modeli joriy etiladi. Bu, ayniqsa, kredit tarixi mavjud boʻlmagan kichik va oʻrta biznes subʼektlarining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan.

Qarorga koʻra, banklar ikki oy muddatda “AI maslahatchi” dasturini ishga tushiradi. Mazkur dastur tadbirkorlarga biznes gʻoyalarni ishlab chiqish, ularni moliyalashtirish imkoniyatlarini shakllantirish va mahallalarning ixtisoslashuvi hamda “oʻsish nuqtalari”ni hisobga olgan holda maslahatlar berishga xizmat qiladi.

Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida ham qoʻshimcha choralar belgilanmoqda. 2026 yil 1 iyuldan boshlab “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” dasturi doirasida ilgari mikrokreditdan foydalangan va ijobiy kredit tarixiga ega tadbirkorlar uchun mikrokreditning garovsiz qismi 100 million soʻmdan 200 million soʻmgacha oshiriladi.

Bundan tashqari, Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tomonidan kredit yoki lizingning 5 milliard soʻmgacha boʻlgan qismi boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya ajratiladi. Har yili dastur asosida yuqori ball olgan 100 ta tadbirkorlik subʼektiga faoliyatni raqamlashtirish, xalqaro standartlarni joriy etish va “yashil” texnologiyalarni tatbiq qilish xarajatlari uchun 300 million soʻmgacha grant beriladi.

Shuningdek, 2028 yil 1 aprelgacha platformaga nobank kredit tashkilotlari, lizing kompaniyalari va moliyaviy texnologiyalar bozori ishtirokchilarini ulash imkoniyati yaratiladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+