12 169.410 so‘m

increase

36.930

14 359.900 so‘m

decrease

-0.100

158.950 so‘m

decrease

-0.140

12 169.410 so‘m

increase

36.930

7 soat avval
Bank
22

Oʻzbekistonda karta oʻtkazmalarining qariyb yarmi 1 mln soʻmgacha boʻlgan summalarga toʻgʻri keladi — MB

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yilda karta orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalarning 46,1 foizi 1 mln soʻmgacha boʻlgan oʻtkazmalardan iborat boʻlgan. 

1–5 mln soʻmlik operatsiyalar 16,8 foizni, 5–10 mln soʻmlik oʻtkazmalar 8,6 foizni tashkil etgan. 

50 mln soʻmdan yuqori operatsiyalar umumiy oʻtkazmalarning 10 foizidan kamini, 200 mln soʻmdan ortiq oʻtkazmalar esa atigi 2 foizni tashkil qilgan.

Oʻzbekistonda karta oʻtkazmalarining qariyb yarmi 1 mln soʻmgacha boʻlgan summalarga toʻgʻri keladi — MB
Foto: AI/Pinkod.uz

Oʻzbekistonda oʻtgan yil davomida bank kartalari orqali amalga oshirilgan oʻtkazmalar asosan kundalik xarajatlar va oʻzaro hisob-kitoblar uchun ishlatilgan. Bu haqda Markaziy bank tomonidan eʼlon qilingan infografikada maʼlum qilingan.

Maʼlumotlarga koʻra, barcha tranzaksiyalarning 46,1 foizi 1 mln soʻmgacha boʻlgan oʻtkazmalardan iborat. Yaʼni deyarli har ikkinchi oʻtkazma kichik summalarda amalga oshirilgan.

10 mln soʻmlik oʻtkazmalar esa 8,6 foizni tashkil etgan. 10–50 mln soʻm diapazonidagi P2P oʻtkazmalar ulushi 18,3 foizga yetgan.

Yirik summadagi oʻtkazmalar ulushi esa nisbatan past boʻlib qolmoqda. Xususan, 50 mln soʻmdan yuqori boʻlgan oʻtkazmalar umumiy operatsiyalarning 10 foizidan kamini tashkil etadi. 200 mln soʻmdan ortiq oʻtkazmalar esa jami tranzaksiyalarning atigi 2 foiziga teng.

Batafsil taqsimotga koʻra, 50–100 mln soʻm oraligʻidagi oʻtkazmalar 5,4 foiz, 100–200 mln soʻm — 3,2 foiz, 200–500 mln soʻm oraligʻidagilar esa 1,4 foizni tashkil etgan. 500 mln soʻmdan ortiq oʻtkazmalar ulushi esa atigi 0,2 foizga teng boʻlgan.

Avvalroq 2025 yilda Oʻzbekistonda aholining xorijiy valyuta taklifi talabdan yuqori boʻlgani haqida xabar berilgan edi

Oʻtgan yilda Oʻzbekistonda aholi banklarga $21,7 mlrd miqdorida xorijiy valyuta sotib, ulardan $12 mlrd sotib oldi. Natijada aholining xorijiy valyuta taklifi talabdan $9,7 mlrdga yuqori shakllandi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+