11 960.090 so‘m

decrease

-71.160

13 670.380 so‘m

decrease

-94.570

152.530 so‘m

decrease

-0.710

11 960.090 so‘m

decrease

-71.160

10 soat avval
Bank
109

Oʻzbekistonda islomiy banklar va “islomiy darchalar” ochish tartibi belgilandi

Yangi tartib bilan alohida islomiy bank tashkil etish va anʼanaviy banklar tarkibida “islomiy darchalar” ochish uchun huquqiy asoslar yaratildi. 

Bunda Markaziy bank bilan kelishilgan islomiy moliya kengashi tuzilishi, masʼul rahbar tayinlanishi va islomiy moliya standartlariga muvofiqlik siyosati ishlab chiqilishi shart. 

Kengash aʼzolari hamda rahbar xodimlar uchun maʼlumot, ish tajribasi, arab tilini bilish va AAOIFI sertifikatiga ega boʻlish talablari ham belgilandi.

Oʻzbekistonda islomiy banklar va “islomiy darchalar” ochish tartibi belgilandi

Adliya vazirligi “Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʻgʻrisida”gi nizomga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. Hujjat 2026 yil 17 iyulda 3252-7-son bilan roʻyxatga olingan.

“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq, islomiy bank faoliyati litsenziya asosida amalga oshiriladi. Yangi tartibga koʻra, tadbirkorlik subʼektlari alohida islomiy bank tashkil etishi, amaldagi banklar esa oʻz tarkibida “islomiy darchalar” ochishi mumkin.

Buning uchun bankda Markaziy bank bilan kelishilgan islomiy moliya kengashi, islomiy bank faoliyati uchun masʼul rahbar xodim hamda islomiy moliya standartlariga muvofiqlik siyosati boʻlishi shart.

Islomiy moliya kengashi kamida uch nafar aʼzodan iborat boʻladi. Kengash raisi va uning oʻrinbosari islomshunoslik yoki ushbu fanlar oʻqitilgan mutaxassislik boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi kerak. Qolgan aʼzolardan esa moliya-iqtisod, yuridik yoki islomshunoslik yoʻnalishida oliy maʼlumot talab qilinadi.

Islom huquqi boʻyicha mutaxassis aʼzolar ushbu sohada kamida besh yillik, texnik ekspertlar esa bank-moliya tizimi yoki huquq sohasida kamida yetti yillik ish tajribasiga ega boʻlishi lozim.

Kengashning kamida bir nafar aʼzosi AAOIFI tashkiloti bergan sertifikatlardan biriga ega boʻlishi shart. 2027 yil 1 iyuldan boshlab bu talab kengashning barcha aʼzolariga tatbiq etiladi.

Bundan tashqari, islom huquqi boʻyicha barcha mutaxassis aʼzolar arab tilini bilishi, arab tilidagi birlamchi manbalarni tushunishi va izohlay olishi kerak.

Islomiy bank faoliyati uchun masʼul rahbar xodim bank yoki moliya tizimida kamida yetti yillik ish tajribasiga, moliya-iqtisod yoki islomiy moliya yoʻnalishida oliy maʼlumotga hamda AAOIFI sertifikatlaridan biriga ega boʻlishi lozim.

Shu bilan birga, Markaziy bank bilan kelishilgan bank rahbar xodimlari oʻz vazifalarini bajarishga kirishgani haqida regulyatorni besh ish kuni ichida yozma ravishda xabardor qilish talabi bekor qilindi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+