12 169.410 so‘m

increase

36.930

14 359.900 so‘m

decrease

-0.100

158.950 so‘m

decrease

-0.140

12 169.410 so‘m

increase

36.930

13 soat avval
Bozor
130

Oʻzbekistonda ilk bor kriptovalyuta mayningi uchun rasmiy ruxsatnoma berildi

ILMA direktorining 19 yanvardagi buyrugʻi bilan NexaGrid xususiy kompaniyasi mamlakatda kriptovalyuta mayningi bilan shugʻullanish uchun birinchi qonuniy ruxsatnomani oldi. Mayning faoliyati Buxoro viloyati Romitan tumanida yoʻlga qoʻyiladi.

Oʻzbekistonda ilk bor kriptovalyuta mayningi uchun rasmiy ruxsatnoma berildi
Foto: AI/Pinkod.uz

Oʻzbekistonda ilk bor kriptovalyuta mayningi faoliyatiga qonuniy ruxsat berildi. Bu haqda mayningni amalga oshirish uchun berilgan ruxsatnomalarning elektron reyestri maʼlumotlarida qayd etilgan.

ILMA direktorining 19 yanvardagi buyrugʻi bilan NexaGrid xususiy kompaniyasiga mamlakat hududida kriptovalyuta mayningi bilan shugʻullanish uchun birinchi ruxsatnoma taqdim etildi.

Kompaniyaning yuridik manzili sifatida Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, “Olmachi” MFY, Parkent koʻchasi, 199A-uy koʻrsatilgan. Mayning faoliyati esa Buxoro viloyati, Romitan tumani, “Qoʻrgʻon” MFY, Varaxsha massivida amalga oshiriladi.

Davlat reyestri maʼlumotlariga koʻra, NexaGrid 2025 yil 16 aprel kuni roʻyxatdan oʻtgan. Kompaniyaning ustav fondi 600 million soʻmni tashkil etadi. Faoliyat yoʻnalishi sifatida “kompyuter uskunalarini boshqarish” koʻrsatilgan.

Kompaniya ulushlari quyidagicha taqsimlangan:

  • 63 % — Sultonov Toymurod Tavakkalovich
  • 37 % — Rozimurodov Mahmudjon Gʻafurovich

Toymurod Sultonov oʻzining LinkedIn sahifasida NexaGrid mayning faoliyati uchun ruxsat “qonuniy, shaffof va qonun doirasida” olinganini taʼkidlagan.

Uning professional faoliyatiga oid maʼlumotlarga koʻra, Sultonov 2017–2020 yillarda Iqtisodiyot va moliya vazirligida, 2023–2024 yillarda esa Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida faoliyat yuritgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+