11 847.160 so‘m

increase

52.280

13 843.410 so‘m

increase

157.810

141.440 so‘m

increase

2.770

11 847.160 so‘m

increase

52.280

1 kun avval
Bank
180

Oʻzbekistonda har bir katta yoshli aholiga oʻrtacha 3,2 ta bank kartasi toʻgʻri keladi

Shunga qaramay, mamlakatda chiqarilgan milliy bank kartalarining faqat 53 foizidan soʻnggi 12 oy davomida faol foydalanilgan.

Oʻzbekistonda har bir katta yoshli aholiga oʻrtacha 3,2 ta bank kartasi toʻgʻri keladi

Markaziy bankning moliyaviy ommaboplik boʻyicha ilk milliy indeksiga koʻra, Oʻzbekistonda katta yoshli aholining 83 foizida bank kartasi mavjud.

Hisobotdagi eng qiziq koʻrsatkichlardan biri bir katta yoshli aholiga oʻrtacha 3,2 ta bank kartasi toʻgʻri kelayotgani. Yaʼni kartalar soni boʻyicha bank xizmatlari aholiga ancha keng kirib borgan.

Biroq kartalarning koʻpligi ulardan faol foydalanilayotganini anglatmaydi. Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi 12 oy davomida milliy bank kartalarining faqat 53 foizi faol ishlatilgan. Demak, muomaladagi kartalarning qariyb yarmi amalda nofaol qolmoqda.

Shu bilan birga, katta yoshli aholining qariyb 77 foizida faol internet-banking profili mavjud. Mobil internet orqali toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega aholi ulushi esa 86 foizdan oshadi.

Raqamli toʻlovlarning oʻzida ham muayyan nomutanosiblik bor. Jismoniy shaxslar amalga oshirgan toʻlov operatsiyalarining 69 foizi P2P — bir shaxsdan boshqa shaxsga pul oʻtkazmalari hissasiga toʻgʻri keladi.

Natijada Markaziy bank toʻlov xizmatlaridan amalda foydalanish darajasini 100 balldan atigi 34 ball bilan baholagan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+