12 042.050 so‘m

increase

68.150

13 744.800 so‘m

increase

44.260

155.030 so‘m

increase

0.210

12 042.050 so‘m

increase

68.150

2 soat avval
Iqtisodiyot
62

Oʻzbekistonda bozorlar uchun yagona “E-bozor” platformasi ishga tushiriladi

Vazirlar Mahkamasi bozorlar va savdo komplekslarini raqamlashtirish boʻyicha qaror qabul qildi. Hujjatga koʻra, “E-bozor” yagona raqamli platformasi 2026 yil 1 oktabrgacha sinov tariqasida, 2027 yil 1 martgacha esa toʻliq amaliyotga joriy etiladi. Platforma orqali bozorlar pasporti, boʻsh rastalar, savdo joylari, ijara toʻlovlari va kunlik tushumlar haqidagi maʼlumotlar yuritiladi.

Oʻzbekistonda bozorlar uchun yagona “E-bozor” platformasi ishga tushiriladi

Vazirlar Mahkamasi bozorlar va savdo komplekslarini raqamlashtirish boʻyicha qaror qabul qildi. Hujjatga koʻra, “E-bozor” yagona raqamli platformasi 2026 yil 1 oktabrgacha sinov tariqasida, 2027 yil 1 martgacha esa toʻliq amaliyotga joriy etiladi. Platforma orqali bozorlar pasporti, boʻsh rastalar, savdo joylari, ijara toʻlovlari va kunlik tushumlar haqidagi maʼlumotlar yuritiladi.

Material:

Oʻzbekistonda bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini raqamlashtirish, ulardagi savdo jarayonlari va tushumlarni shaffoflashtirish boʻyicha yangi tartiblar joriy etilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2 iyuldagi 358-son qarori bilan bozorlar va savdo komplekslarida raqamlashtirish ishlarini tashkil etish hamda maishiy korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi.

Hujjatga koʻra, Soliq qoʻmitasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, hududiy hokimliklar va boshqa idoralar bilan birgalikda “E-bozor” yagona raqamli platformasini yaratadi. Platforma 2026 yil 1 oktabrgacha sinov tariqasida ishga tushirilishi, 2027 yil 1 martgacha esa toʻliq amaliyotga joriy etilishi kerak.

Platformada bozorlar va savdo komplekslarining pasporti, manzili, ixtisoslashuvi, ish tartibi, turgʻun savdo nuqtalari va savdo oʻrinlari soni hamda joylashuvi haqidagi maʼlumotlar yuritiladi. Shuningdek, boʻsh savdo rastalari va savdo joylari ochiq eʼlon qilinadi.

Qarorda aholiga bozorlar faoliyati boʻyicha maʼlumot olish, bozor maʼmuriyatiga elektron murojaat yuborish va javob olish imkoniyatini yaratish ham nazarda tutilgan.

Soliq qoʻmitasi “E-bozor” platformasining operatori etib belgilandi. Qoʻmita 2026 yil 1 avgustgacha platformaning loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqishi, 2027 yil 1 fevralgacha esa uni kiberxavfsizlik talablari boʻyicha ekspertizadan oʻtkazishi kerak.

Har bir bozor va savdo kompleksiga soliq xodimlari biriktiriladi. Ular bozor faoliyati samaradorligini kunlik tahlil qilib boradi, “E-bozor” platformasida aks ettirilgan kunlik tushumlar haqqoniyligini joylarda monitoring qiladi.

Qarorga koʻra, 2026 yil 1 oktabrgacha bozorlar va savdo komplekslari haqidagi maʼlumotlar platformaga kiritilishi kerak. 2026 yil 1 dekabrgacha esa bozorlarda amalda joriy etilgan axborot tizimlari Adliya vazirligi, Kadastr agentligi va boshqa manfaatdor idoralar tizimlari bilan “Elektron hukumat” idoralararo integratsiya platformasi orqali bogʻlanadi.

Bozorlar hududidagi avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida toʻlovlarni yagona QR-kod orqali amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, bozor va savdo komplekslari hududida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subʼektlarini toʻliq onlayn nazorat-kassa texnikalari bilan taʼminlash yoki onlayn toʻlovlar uchun QR-kodli yorliqlar oʻrnatish boʻyicha choralar koʻriladi.

Hokimliklarga esa 2026 yil 1 sentabrgacha qarorga ilova qilingan roʻyxatdagi bozorlar va ularga tutash avtoturargohlarni toʻliq raqamlashtirish hamda “E-bozor” platformasiga integratsiya qilish vazifasi yuklatilgan. 2026 yil 1 avgustgacha bozorlar infratuzilmasi, yongʻin xavfsizligi va sanitariya holatini yaxshilash, xavfsizlikni taʼminlash uchun texnik vositalar oʻrnatilishi kerak.

Qarorga ilova qilingan roʻyxatda respublika boʻyicha yuzlab bozor va savdo komplekslari keltirilgan. Ular orasida Toshkent shahridagi “Yangiobod ixtisoslashgan bozori”, “Eski-Juva dehqon bozori”, “Chorsu buyum savdo kompleksi”, “Chilonzor buyum savdo kompleksi”, “Oʻrikzor savdo kompleksi”, “Farhod dehqon bozori” va boshqa yirik savdo obʼektlari ham bor.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+