12 084.100 so‘m

increase

16.340

14 197.610 so‘m

increase

56.610

146.720 so‘m

increase

1.080

12 084.100 so‘m

increase

16.340

7 kun avval
Bank

Oʻzbekistonda bank omonatlarini asosan yoshlar ochmoqda — Markaziy bank

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, mamlakatdagi 35 tijorat banklaridan 32 tasi omonat xizmatini taklif etmoqda. Omonatchilar asosan yirik banklarda toʻplangan boʻlib, yoshlar faol qatlam sifatida ajralib turibdi. 

Oʻzbekistonda bank omonatlarini asosan yoshlar ochmoqda — Markaziy bank
Foto: AI / Pinkod.uz

Bugungi kunda mamlakatdagi 35 ta tijorat banki faoliyat yuritayotgan boʻlib, 32 ta bankda omonat ochish mumkin. 

Shuni taʼkidlash joizki, ayrim yangi banklar (UZUM BANK, Octobank va SMART BANK) hali omonatlar turkumini joriy etmagan.

Markaziy bank tomonidan banklarning 186 ta omonat mahsuloti tahlil qilindi. 

Omonatchilarning katta qismi yirik banklarda jamlangan:

  • Oʻzmilliybank — 1,58 mlndan ortiq omonatchi
  • Xalq banki — 1,23 mlnga yaqin

Yosh guruhlari kesimida:

Eng koʻp omonat 16–30 yoshdagilarda (13,3 mln)

Keyingi oʻrinda 31–40 yoshdagilar (12,84 mln)

60 yoshdan yuqorilar ham faol segment hisoblanib, 6,32 mln hisobvaraqqa ega.

Gender boʻyicha taqsimot:

Erkaklar — 22,32 mln omonat (79,17 trln soʻm)

Ayollar — 22,2 mln omonat (60,26 trln soʻm)

Omonatlarning valyuta boʻyicha taqsimoti

Omonatlar asosan soʻmda jamlangan (6,84 mln omonat). Xorijiy valyutadagi jamgʻarmalar quyidagicha:

AQSh dollari — 1,84 mln omonat

Yevro — 67,6 ming omonat

Demak, milliy valyuta ustunlik qilsa-da, aholining dollarga boʻlgan qiziqishi hamon yuqori.

Omonatlarni ochish shakllari

Oflayn format — 84 ta mahsulot

Onlayn format — 33 ta mahsulot

Gibrid (aralash) format — 69 ta mahsulot

Bu holat banklar xizmatlarni tobora raqamlashtirib borayotganini koʻrsatadi.

Foiz stavkalari

Soʻmdagi omonatlar: 21% va undan yuqori stavkali 47 ta mahsulot mavjud. Eng yuqori stavka — 23%.

Xorijiy valyutadagi omonatlar: koʻpchilik qismi 1–5% oraligʻida, maksimal stavka — 8%

Moslashuvchanlik va kapitalizatsiya

Foizlarni kapitalizatsiya qilish imkoniyati 6 ta bankda 8 ta mahsulotda mavjud.

Mablagʻni toʻldirish yoki qisman yechib olish imkoniyati koʻproq milliy valyutadagi omonatlarga xos.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+