12 001.940 so‘m

increase

4.110

13 973.860 so‘m

increase

5.990

166.670 so‘m

decrease

-0.640

12 001.940 so‘m

increase

4.110

3 соат аввал
Iqtisodiyot
42

Oʻzbekistonda xususiy teatrlar va kino sanoatini qoʻllab-quvvatlash uchun yangi imtiyozlar joriy etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat va sanʼat sohasi xodimlari bilan uchrashuvda teatr va kino sanoatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi choralarni eʼlon qildi.

1 sentabrdan xususiy teatrlar va teatr-studiyalariga sahna asarlari yaratish xarajatlari, ijara toʻlovining bir qismi hamda sotilgan chiptalar uchun qoʻshimcha gonorar byudjetdan qoplab beriladi.

Kino sohasida esa davlat buyurtmasi asosidagi filmlar uchun reklama xarajatlariga qoʻshimcha mablagʻ ajratilib, namoyishdan tushgan daromadning bir qismi prodyuser va ijodiy guruhga beriladi.

Oʻzbekistonda xususiy teatrlar va kino sanoatini qoʻllab-quvvatlash uchun yangi imtiyozlar joriy etiladi

Bugun, 1 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat va sanʼat sohasi xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda teatr va kino sohasini rivojlantirish, ijodiy erkinlikni kengaytirish hamda xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator yangi choralar belgilandi.

Poytaxtdagi bir qator teatrlar holati oʻrganilgach, Milliy qoʻgʻirchoq teatri, Muqimiy nomidagi akademik teatr va Yoshlar teatriga zamonaviy qiyofa olib kirish boʻyicha ishlar boshlab yuborildi.

Oʻtgan yili Alisher Navoiy teatriga moliyaviy, ijodiy va tashkiliy masalalarni mustaqil hal qilish vakolati berilgani oʻzini oqlagani qayd etildi. Endi ushbu tajriba kengaytirilib, shu yilning oʻzida Muqimiy, Berdaq va Milliy qoʻgʻirchoq teatrlariga ham shunday imkoniyat beriladi.

Xususiy teatrlar va teatr-studiyalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 1 sentabrdan boshlab ularga har yili 50 ta sahna asari yaratish xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi. Shuningdek, davlat madaniyat obʼektlari ularga bepul foydalanish uchun ajratiladi. Agar xususiy teatr bino ijaraga olsa, oyiga 20 million soʻmgacha ijara xarajati byudjetdan qoplanadi.

Davlat va xususiy teatrlar uchun yana bir ragʻbatlantiruvchi mexanizm joriy etiladi. Endilikda spektakl uchun sotilgan har bir chipta uchun byudjetdan qoʻshimcha 10 ming soʻm gonorar ajratiladi. Yaʼni teatr mingta chipta sotsa, unga qoʻshimcha 10 million soʻm beriladi. Agar spektakl hududlarga chiqib namoyish qilinsa, gonorar miqdori har bir chipta uchun 20 ming soʻmni tashkil etadi.

Kino sohasida ham qator yangiliklar nazarda tutilmoqda. Shu yilning 1 sentabridan davlat buyurtmasi asosida film yaratishda targʻibot va reklama xarajatlari uchun film byudjetining 30 foizigacha mablagʻ ajratiladi. Xarid shartnomalarini ekspertizadan oʻtkazish talabi bekor qilinadi.

Shuningdek, xorijiy kompaniyalarning Oʻzbekiston hududida kino mahsulot yaratish bilan bogʻliq faoliyati soliqlardan ozod qilinadi. Davlat buyurtmasi asosida yaratilgan filmlar namoyishidan tushgan mablagʻning 50 foizi prodyuser va ijodiy guruhga qoʻshimcha ragʻbat sifatida beriladi.

“Oltin humo” milliy kino taqdimotining nufuzini oshirish uchun har yili 5 milliard soʻmdan mablagʻ ajratiladi.

Shu bilan birga, Respublika kinematografiya komissiyasi, Milliy va Badiiy kengashlar faoliyati tugatiladi. Ularning oʻrniga kinoning janri va mavzusidan kelib chiqib, tegishli soha mutaxassislaridan iborat haq toʻlanadigan ekspert guruhlari tashkil etiladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+