11 970.680 so‘m

increase

36.040

13 902.750 so‘m

increase

6.060

163.180 so‘m

decrease

-0.960

11 970.680 so‘m

increase

36.040

4 soat avval
Bank
44

Oʻzbekiston xalqaro zaxiralari may oyida biroz kamaydi

Oʻzbekistonning rasmiy xalqaro zaxiralari may oyida $307 mlnga kamayib, 1 iyun holatiga $70,58 mlrdni tashkil etdi. Pasayishga asosan jahon bozorida oltin narxining tushishi taʼsir qilgan. Shu bilan birga, zaxiralar tarkibida qimmatli qogʻozlar hajmi bir oyda qariyb ikki barobarga oshib, $2,85 mlrdga yetgan.

Oʻzbekiston xalqaro zaxiralari may oyida biroz kamaydi
Foto: AI/Pinkod.uz

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 2026 yil 1 iyun holatiga $70,58 mlrd ni tashkil etdi. Bu aprel yakunidagi koʻrsatkichdan $307,3 mln yoki 0,4 foizga kam.

Zaxiralarning pasayishiga asosan oltin narxining tushishi taʼsir koʻrsatgan. Izohda qayd etilishicha, may oyida oltin narxi bir troy unsiya uchun $4 625,8 dan $4 516,85 gacha pasaygan va buning zaxiralarga salbiy taʼsiri $1,5 mlrd atrofida boʻlgan.

Shu bilan birga, oltinning sof hajmi oshgan. May oyida Oʻzbekistonning oltin zaxirasi 13,32 mln troy unsiyadan 13,6 mln troy unsiyagacha koʻpaygan. Yaʼni narx pasayganiga qaramay, hajm oʻsishi umumiy pasayishni qisman qoplagan

Koʻrsatkichlar1 yanvar 20261 may 20261 iyun 2026
Rasmiy zaxira aktivlari$66,31 mlrd$70,89 mlrd$70,58 mlrd
Oltin$55,09 mlrd$61,59 mlrd$61,44 mlrd
Sof hajmi12,55 mln troy unsiya13,32 mln troy unsiya13,6 mln troy unsiya
Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari$10,64 mlrd$8,72 mlrd$8,57 mlrd
Shu jumladan qimmatli qogʻozlar$1,53 mlrd$1,55 mlrd$2,85 mlrd

Zaxiralar tarkibida oltin asosiy ulushni egallashda davom etmoqda. 1 iyun holatiga oltin qiymati $61,44 mlrd ni tashkil etgan. Bu jami rasmiy zaxira aktivlarining qariyb 87 foiziga teng.

Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar bir oyda $8,72 mlrddan $8,57 mlrd gacha kamaygan. Bunda naqd valyuta va depozitlar $7,17 mlrddan $5,72 mlrd gacha qisqargan. Biroq qimmatli qogʻozlar hajmi aksincha qariyb 2 barobarga oshib, $1,55 mlrddan $2,85 mlrdga yetgan.

Yillik kesimda esa zaxiralar sezilarli oʻsgan. 2025 yil may oyida Oʻzbekistonning rasmiy zaxira aktivlari $49,25 mlrd boʻlgan. 2026 yil iyun boshiga kelib bu koʻrsatkich $70,58 mlrdga yetgan, yaʼni bir yil ichida $21,3 mlrd yoki 43 foizdan koʻproqqa oshgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+