11 952.100 so‘m

increase

36.460

13 779.580 so‘m

increase

30.120

145.210 so‘m

decrease

-0.980

11 952.100 so‘m

increase

36.460

3 soat avval
Iqtisodiyot
73

Oʻzbekiston xalqaro zaxiralari iyulda qariyb 590 mln dollarga oshdi

Oʻzbekistonning rasmiy xalqaro zaxiralari iyul oyida 589,8 mln dollarga oshib, 1 avgust holatiga 64,34 mlrd dollarni tashkil etdi. Oʻsish oltin qiymati va xorijiy valyutadagi aktivlarning koʻpayishi hisobiga yuz berdi. 

Oʻzbekiston xalqaro zaxiralari iyulda qariyb 590 mln dollarga oshdi

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, xalqaro zaxiralar bir oyda 0,92 foizga koʻpaydi. Bundan avval, iyun oyida ular oltin narxining keskin tushishi ortidan 6,83 mlrd dollarga kamaygan edi.

Zaxiralar tarkibidagi oltinning qiymati 365,3 mln dollar yoki 0,66 foizga oshib, 56,12 mlrd dollarga yetdi.

Markaziy bank izohiga koʻra, iyul davomida oltinning bir troy unsiyasi narxi 4 016,7 dollardan 4 052,2 dollargacha koʻtarildi. Narx oʻsishining zaxiralarga ijobiy taʼsiri 490 mln dollarni tashkil etdi.

Biroq oltinning fizik hajmi 13,88 mln troy unsiyasidan 13,85 mln troy unsiyasiga tushdi. Bu qariyb 0,93 tonnalik kamayish boʻlib, avgust boshida zaxiralarda taxminan 430,8 tonna oltin saqlanayotganini anglatadi.

Koʻrsatkichlar1 yanvar 20261 iyun 20261 iyul 20261 avgust 2026
Rasmiy zaxira aktivlari$66,31 mlrd$70,58 mlrd$63,76 mlrd$64,34 mlrd
Oltin$55,09 mlrd$61,44 mlrd$55,76 mlrd$56,12 mlrd
Sof hajmi12,55 mln troy unsiyasi13,6 mln troy unsiyasi13,88 mln troy unsiyasi13,85 mln troy unsiyasi
Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari$10,64 mlrd$8,57 mlrd$7,44 mlrd$7,65 mlrd

Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari ham bir oyda 208,8 mln dollar yoki 2,81 foizga koʻpayib, 7,65 mlrd dollarga yetdi. Bunda naqd valyuta va depozitlar hajmi 28,5 foizga oshib, 5,89 mlrd dollarni tashkil etdi.

Shu bilan birga, Markaziy bank tomonidan sotib olingan xorijiy qimmatli qogʻozlar qiymati 1,1 mlrd dollar yoki 38,4 foizga kamayib, 1,76 mlrd dollarga tushdi.

Umuman olganda, yil boshidan buyon Oʻzbekistonning xalqaro zaxiralari 1,97 mlrd dollar yoki qariyb 3 foizga kamaygan. Hozirgi koʻrsatkich yanvar yakunida qayd etilgan 75,08 mlrd dollarlik tarixiy maksimumdan 10,74 mlrd dollarga past.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+