12 021.320 so‘m

decrease

-20.730

13 734.360 so‘m

decrease

-10.440

157.640 so‘m

increase

2.610

12 021.320 so‘m

decrease

-20.730

2 soat avval
Iqtisodiyot
66

Oʻzbekiston xalqaro zaxiralari bir oyda 6,8 mlrd dollarga kamaydi

Oʻzbekistonning rasmiy xalqaro zaxiralari iyun oyida 6,8 mlrd dollarga kamayib, 1 iyul holatiga 63,76 mlrd dollarni tashkil etdi. Pasayishning asosiy qismi oltin qiymatining tushishi hisobiga yuz berdi, biroq oltinning fizik hajmi oshishda davom etgan.

Oʻzbekiston xalqaro zaxiralari bir oyda 6,8 mlrd dollarga kamaydi

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 2026 yil 1 iyul holatiga Oʻzbekistonning rasmiy xalqaro zaxiralari 63,76 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu 1 iyundagi 70,58 mlrd dollarga nisbatan 6,83 mlrd dollarga yoki 9,7 foizga kam.

Zaxiralarning pasayishida asosiy omil oltin qiymatining kamayishi boʻldi. Markaziy bank izohiga koʻra, iyun oyida oltin narxining bir troy unsiya uchun 4516,85 dollardan 4016,70 dollargacha tushishi zaxiralarga 6,9 mlrd dollarlik salbiy taʼsir koʻrsatgan.

Natijada zaxiralar tarkibidagi oltinning qiymati bir oyda 61,44 mlrd dollardan 55,76 mlrd dollargacha kamaydi. Shu bilan birga, oltinning fizik hajmi aksincha oshgan — 13,6 mln troy unsiyadan 13,88 mln troy unsiyagacha. Bu taxminan 431,7 tonna oltin degani.

Koʻrsatkichlar1 yanvar 20261 may 20261 iyun 20261 iyul 2026
Rasmiy zaxira aktivlari$66,31 mlrd$70,89 mlrd$70,58 mlrd$63,76 mlrd
Oltin$55,09 mlrd$61,59 mlrd$61,44 mlrd$55,76 mlrd
Sof hajmi12,55 mln troy unsiya13,32 mln troy unsiya13,6 mln troy unsiya13,88 mln troy unsiya
Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari$10,64 mlrd$8,72 mlrd$8,57 mlrd$7,44 mlrd
Shu jumladan qimmatli qogʻozlar$1,53 mlrd$1,55 mlrd$1,55 mlrd$2,85 mlrd

Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari ham qisqargan. Ularning hajmi 1 iyundagi 8,57 mlrd dollardan 1 iyulda 7,44 mlrd dollargacha kamaydi. Bunda naqd valyuta va depozitlar 5,72 mlrd dollardan 4,58 mlrd dollargacha tushgan.

2026 yil boshidan beri xalqaro zaxiralar 66,31 mlrd dollardan 63,76 mlrd dollargacha kamaydi. Yaʼni yarim yil yakunida pasayish 2,55 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.

1 iyul holatiga zaxiralarning qariyb 87,5 foizi oltin hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Shu sababli jahon bozorida oltin narxining oʻzgarishi Oʻzbekiston xalqaro zaxiralarining umumiy qiymatiga sezilarli taʼsir koʻrsatmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+