12 208.080 so‘m

increase

32.740

14 116.200 so‘m

increase

52.460

155.000 so‘m

increase

0.710

12 208.080 so‘m

increase

32.740

5 soat avval
Iqtisodiyot
31

Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 8,1 mlrd dollarga kamaydi

Mart oyida Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari 8,1 mlrd dollarga kamaydi. Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, pasayish asosan jahon bozorida oltin narxining tushishi bilan bogʻliq boʻlib, 1 aprel holatiga jami zaxiralar hajmi qariyb 69 mlrd dollarni tashkil qilgan.

Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 8,1 mlrd dollarga kamaydi
Foto: AI/Pinkod.uz

Mart oyida Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari hajmi 8,1 mlrd dollarga qisqardi. Bu haqda Markaziy bank maʼlumotlarida keltirilgan.

1 aprel holatiga koʻra, mamlakatning jami xalqaro zaxiralari qariyb 69 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich avvalgi oyga nisbatan 8 mlrd 95 mln dollarga kam.

Zaxiralardagi asosiy pasayish oltin narxining tushishi bilan bogʻliq. Xususan, zaxiralar tarkibidagi oltin qiymati 6,8 mlrd dollarga kamaygan. Oy davomida oltinning jahon bozoridagi narxi 5174,10 dollardan 4553,95 dollargacha pasaygani sababli umumiy taʼsir 8,3 mlrd dollar miqdorida manfiy boʻlgan.

Shu bilan birga, oltinning fizik hajmi oshgan. Mart oyida zaxiralardagi oltin miqdori 13,4 mln troya unsiyagacha yetdi, bu esa oy davomida 0,3 mln unsiyaga koʻp degani.

Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari ham kamayib, 1,26 mlrd dollarga qisqardi va 7,6 mlrd dollarni tashkil etdi.

Markaziy bank investitsiya qilgan qimmatli qogʻozlar qiymati esa deyarli oʻzgarmagan holda 1,5 mlrd dollar darajasida qolgan.

Qayd etilishicha, bu pasayish Oʻzbekiston oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket yetti oy davomida rekord darajada oʻsib kelganidan keyin kuzatildi. Xususan, fevral oyida mamlakat zaxiralari tarixda ilk bor 77 mlrd dollardan oshgan edi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+