12 011.650 so‘m

increase

48.490

13 462.660 so‘m

increase

72.300

143.170 so‘m

increase

0.840

12 011.650 so‘m

increase

48.490

28-avgust, 12:32
Iqtisodiyot
884

Oʻzbekiston iyul oyida oltin sotishni tikladi

Oʻzbekiston ikki oylik tanaffusdan soʻng iyulda 1,3 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Shunga qaramay, yil boshidan buyon oltin savdosi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,7 baravar kamaygan. Oltin eksportidagi pasayish mamlakatning umumiy eksportini ham 3,6 foizga qisqartirdi.

Oʻzbekiston iyul oyida oltin sotishni tikladi

Oʻzbekiston 2026 yil iyul oyida oltin eksportini qayta tikladi. Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, yanvar–iyul oylarida nomonetar oltin eksporti 2,8 mlrd dollarni tashkil etgan.

Birinchi yarim yillikda bu koʻrsatkich 1,5 mlrd dollar boʻlganini hisobga olsak, iyul oyining oʻzida qariyb 1,3 mlrd dollarlik oltin sotilgan. Mamlakat joriy yilda oltinni faqat aprel va iyul oylarida eksport qilgan.

Biroq iyuldagi savdo yetti oylik pasayishni qoplay olmadi. Oltin eksporti 2025 yilning shu davridagi 7,59 mlrd dollardan 2,8 mlrd dollargacha, yaʼni 63,1 foizga qisqardi.

Natijada oltinning jami eksportdagi ulushi bir yil ichida 36,7 foizdan 14,1 foizgacha tushdi. Bu 22,6 foiz punktlik pasayishni anglatadi.

Yanvar–iyul oylarida Oʻzbekistonning umumiy eksporti 3,6 foizga kamayib, 19,93 mlrd dollarni tashkil etdi. Oltinni hisobga olmaganda esa tovarlar eksporti 27,7 foizga oʻsib, 9,8 mlrd dollarga yetgan.

Xususan, sanoat tovarlari eksporti 22,4 foizga — 2,87 mlrd dollargacha, xizmatlar eksporti esa 35,3 foizga — 7,33 mlrd dollargacha oshdi. Shu tariqa, boshqa yoʻnalishlardagi oʻsish oltin savdosidan yoʻqotilgan qariyb 4,8 mlrd dollarlik tushumning katta qismini qoplagan.

Ayni paytda import 17,8 foizga oshib, 29,6 mlrd dollarni tashkil etdi. Natijada tashqi savdo taqchilligi oʻtgan yilgi 4,44 mlrd dollardan 9,67 mlrd dollargacha kengaydi. Bu tashqi savdo aylanmasidagi 8,1 foizlik oʻsish asosan import hisobiga yuz berganini koʻrsatadi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+