12 123.380 so‘m

increase

51.350

14 094.640 so‘m

increase

77.810

149.190 so‘m

increase

1.180

12 123.380 so‘m

increase

51.350

5 kun avval
Bozor

Oʻzbekiston bozorida oltin narxi yil boshidan beri 37-marta rekord oʻrnatdi

7 sentabr holatiga koʻra, Markaziy bank belgilagan bir gramm oltin narxi 1 mln 577 ming soʻmni tashkil etdi. Bu ketma-ket beshinchi kun qayd etilgan rekorddir. Jahon bozorida esa oltinning spot narxi bir unsiya uchun $3 978 gacha koʻtarildi

Oʻzbekiston bozorida oltin narxi yil boshidan beri 37-marta rekord oʻrnatdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekiston va jahon bozorida oltin narxlarining izchil oʻsishi kuzatilmoqda. 7 sentabr kuni Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan oltin quymasining bir gramm narxi 1 mln 577 ming soʻmni tashkil etdi.

Bu ketma-ket beshinchi kun davomida oltin narxining yangi rekord darajaga koʻtarilishi hisoblanadi.

Mahalliy bozorda 2025 yil boshidan buyon oltin narxlari 37-marta rekord darajaga chiqqan. Shu davr mobaynida narxlar 39,3 % ga oshgan boʻlsa, oʻtgan yilning shu kuniga nisbatan oʻsish 40,7 % ni tashkil etdi.

Jahon bozorida esa oltinning spot narxi bir unsiya uchun $3 978 gacha koʻtarildi, bu esa bir gramm uchun $128 ga teng.


Shveysariyaning yirik moliyaviy instituti UBS banki 2025 yil oxiri uchun oltin narxi prognozini avvalgi $3 800 dan $4 200 gacha oshirdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+