Oʻzbekiston banklarida kredit foiz stavkalari qanday oʻzgarmoqda?
Soʻnggi ikki oy ichida Oʻzbekiston banklari tomonidan ajratilayotgan milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi 1,1 foizga oshdi. Shuningdek, mikroqarz va avtokreditlar boʻyicha foiz stavkalarida ham oʻsish kuzatilmoqda.

Soʻnggi ikki oy ichida Oʻzbekiston banklari tomonidan ajratilayotgan milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi 1,1 foizga oshdi.
Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, may oyida foiz stavkasi 0,5 foizga, iyun oyida esa yana 0,6 foizga koʻtarilgan. Natijada, kreditlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi 23,7 foizni tashkil qilmoqda.

Shunga qaramay, bu koʻrsatkich hali ham aprel oyidagi 22,6 foizlik past darajani hisobga olmaganda, soʻnggi davrdagi eng past koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi.
Ayni paytda, tadbirkorlik subʼektlariga milliy valyutada ajratilayotgan kreditlar boʻyicha foiz stavkalarida deyarli oʻzgarish kuzatilmagan.
Mikroqarzlar
2025 yil 14 iyul holatiga koʻra, Oʻzbekiston banklaridagi mikroqarzlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi 35,4 foizni tashkil etmoqda. Bu oy boshidagi koʻrsatkichga nisbatan 0,5 foizga yuqoridir.
Eng past foizli mikroqarzlarni quyidagi banklar taklif qilmoqda:
- Aloqabank — 22,1%
- InFinBank— 25,6%
- NBU— 25,9%

Eng yuqori foiz stavkalari esa quyidagi banklarda kuzatilmoqda:
- Apex bank — 40,8% (+0,8%)
- TBC Bank — 40,6% (+1,5%)
- Anorbank — 40% (+1,5%)
Umuman olganda, oy boshiga nisbatan koʻplab banklarda mikroqarzlar boʻyicha foiz stavkalari oʻsdi.
Avtokreditlar
Avtokreditlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi ham oʻsib bormoqda. 14 iyul holatiga koʻra, bu koʻrsatkich 24,3 foizni tashkil etib, oy boshiga nisbatan 0,2 foizga oshgan.
Eng past foizli avtokreditlar quyidagi banklarda taklif qilinmoqda:
- Tenge Bank — 17,4% (−9,5%)
- Ipoteka Bank — 21,1%
- OFB (Orient Finans Bank) — 21,2%

Nisbatan yuqori foizli avtokreditlar esa quyidagicha:
- Hamkorbank — 29,1% (+0,1%)
- Madad Invest Bank — 27,9% (−0,1%)
- InFinBank— 28%
Xorijiy valyutadagi kreditlar
Chet el valyutasida ajratilayotgan uzoq muddatli kreditlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi iyun oyida 10 foizni tashkil qildi. Bu koʻrsatkich oʻtgan ikki oyga nisbatan 0,3 foizga kamaygan, biroq oʻtgan yilning iyul oyiga nisbatan 0,5 foizga yuqori.

Qisqa muddatli kreditlar boʻyicha esa iyun oyida foiz stavkasi 0,3 foizga oshib, 9,7 foizga yetdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan ham 0,2 foizga yuqoridir.