12 355.140 so‘m

decrease

-84.270

14 539.530 so‘m

decrease

-44.430

148.480 so‘m

decrease

-3.390

12 355.140 so‘m

decrease

-84.270

4 kun avval
Bozor

Oltin narxi tarixda ilk bor $3 600 ga yetdi

Bunday oʻsish investorlarning “xavfsiz aktiv”ga talabining ortayotgani va Federal rezerv tizimi (Fed) asosiy foiz stavkasini tushirishiga oid kutilmalar bilan izohlanmoqda.

Oltin narxi tarixda ilk bor $3 600 ga yetdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oltin narxi 1 foizdan koʻproqqa oshib, ilk bor bir unsiya uchun 3 600 dollar darajasiga chiqdi. 

Bunga AQSh mehnat bozorining sustlashishi va stagflyatsiya xavotirlari sabab boʻldi. Natijada Federal rezerv yaqin orada foiz stavkasini pasaytirishi mumkinligi haqidagi kutishlar kuchaydi.

Joriy yil boshidan beri oltin 44 foizga qimmatlab, keskin oʻsishni davom ettirmoqda. Kun davomida qimmatbaho metall narxi $3 600 gacha koʻtarildi, xabar tayyorlanayotgan paytda esa $3 585 dan savdo qilinmoqda. Bu bir gramm toza oltin narxi $115,2 ga tengligini anglatadi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, AQSh davlat obligatsiyalari daromadlarining pasayishi, yuqori qarzlar va inflyatsiya xavfi oltinni “qiymat saqlovchi aktiv” sifatida yanada jozibador qilmoqda. Sentabr oyida boʻlib oʻtadigan yigʻilishda Federal rezerv asosiy stavkani tushirishi kutilayotgani ham narx oshishiga qoʻshimcha turtki bermoqda.

Anʼanaga koʻra, oltin siyosiy va iqtisodiy noaniqlik davrida “xavfsiz aktiv” sifatida yuqori talabga ega boʻladi. Ayniqsa foiz stavkalari past boʻlsa, ushbu talab yanada kuchayadi.


Avvalroq Pinkod Goldman Sachs oltin narxi boʻyicha prognozini yangilagani haqida yozgan edi

Bankning asosiy ssenariysiga koʻra, 2026 yilning oʻrtalarigacha bir unsiya oltin 4 ming dollargacha chiqishi mumkin. Agar esa Federal zaxira tizimi mustaqilligiga putur yetsa, narx yanada keskin oshib, 5 ming dollargacha yetishi ehtimol sifatida aytilmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+