12 011.650 so‘m

increase

48.490

13 462.660 so‘m

increase

72.300

143.170 so‘m

increase

0.840

12 011.650 so‘m

increase

48.490

01-aprel, 2025
Bozor
1600

Oltin narxi ilk marotaba $3 150 ga yaqinlashdi

Oʻzbekiston banklarida sotilayotgan oltin quymalari ham rekordni yangilab, 5 grammlik quymaning narxi ilk bor 6,6 million soʻmdan oshdi.

Oltin narxi ilk marotaba $3 150 ga yaqinlashdi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oltin narxi ilk marotaba troya unsiya uchun $3 150 ga yaqinlashdi. Xabar nashr qilinayotgan paytda birjalarda oltin $3 134 dan savdo qilinmoqda. 

Qimmatbaho metal narxi oshishi Donald Tramp tomonidan boshlangan savdo urushi, Markaziy banklarning oltinga boʻlgan katta talabi va FED foiz stavkalarini tushirishi mumkin ekanligi fonida sodir boʻlmoqda.

Undan tashqari, USA Today nashriga koʻra birjalardagi oltinga boʻlgan investitsiya ham sezilarli darajada koʻpaygan.

Oltin narxi boʻtsicha yeng yuqori prognozni Macquarie Group taqdim etgan boʻlib, uning taxminiga koʻra, 2025 yilning uchinchi choragida oltin narxi $3,500 ga yetishi mumkin.


Mavzuga doir: Prognoz: 2025 yilda oltin narxi qanchagacha koʻtarilishi mumkin?


Shveysariyaning yetakchi investitsion banklaridan biri boʻlgan UBS esa  2025 yilda oltin $3,200 dan yuqoriga koʻtarilishi mumkinligini taʼkidlamoqda. 

Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan oltin quymalari narxi ham rekordni yangilashda davom etmoqda.

Ayni paytda bir gramm oltin quymasi 1 mln 334 ming 270 soʻmga baholanmoqda.

Toʻliq narxlar:

  • 5 gramm — 6 mln 671 ming soʻm
  • 10 gramm — 13 mln 343 ming soʻm
  • 20 gramm — 26 mln 685 ming soʻm
  • 50 gramm — 66 mln 714 ming soʻm
  • 100 gramm — 133 mln 427 ming soʻm

Oʻzbekistonda Markaziy bank tomonidan 999,9 soflikdagi oltindan  5, 10, 20, 50 va 100 grammli quymalar sotuvga chiqarilgan va quymalar narxini regulyator har kuni yangilab boradi. 

Oltin quymalarini banklardan sotib olish imkoniyati mavjud. Banklarning manzillari va batafsil maʼlumotlarni Markaziy bank rasmiy saytidan topish mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+