12 101.840 so‘m

increase

53.000

13 811.830 so‘m

increase

70.130

153.750 so‘m

increase

0.870

12 101.840 so‘m

increase

53.000

7 soat avval
Bank
84

Oleksandr Simeyko AVO Bank boshqaruv raisi oʻrinbosari etib saylandi

AVO Bank risklar boʻyicha direktori Oleksandr Simeyko bank boshqaruvi aʼzosi va boshqaruv raisi oʻrinbosari etib saylandi. U Markaziy bank bilan kelishuv jarayoni yakunlangach, yangi lavozimdagi faoliyatini boshlaydi.

Oleksandr Simeyko AVO Bank boshqaruv raisi oʻrinbosari etib saylandi
Foto: Oleksandr Simeyko/Generativ Intellekt orqali tahrirlangan

AVO Bank boshqaruvi tarkibida oʻzgarish yuz berdi. Bu haqda bank Kuzatuv kengashining 2026 yil 17 iyuldagi yigʻilish bayonnomasida maʼlum qilingan.

Kuzatuv kengashi qaroriga koʻra, Simeyko Oleksandr Grigorevich bank boshqaruvi aʼzosi va boshqaruv raisi oʻrinbosari etib uch yil muddatga saylandi. Yigʻilishda qatnashgan Kuzatuv kengashining barcha besh aʼzosi qarorni bir ovozdan maʼqullagan.

Simeyko oʻz vazifalarini uning nomzodi Markaziy bank bilan kelishilganidan soʻng bajarishga kirishadi.

Yangi lavozimga kirishganidan keyin ham u AVO Bank’ning risklar boʻyicha direktori lavozimini saqlab qoladi. Shu tariqa, Simeyko bir vaqtning oʻzida risklar boʻyicha direktor, boshqaruv aʼzosi va boshqaruv raisi oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritadi.

Oleksandr Simeyko haqida

Oleksandr Simeyko bank va fintex sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega. U faoliyatini 2005 yilda Ukrainaning Active-Bank bankida boshlagan. 2006–2017 yillarda turli davrlarda Raiffeisen Bank Ukraine’da kredit siyosati, chakana kreditlash va risklarni boshqarish yoʻnalishlarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

2017–2019 yillarda Germaniyaning Kreditech kompaniyasida kredit risklari boʻyicha katta nazoratchi boʻlgan. 2019 yilda Qozogʻistondagi Home Credit Bank’ka ishga kirib, dastlab kreditlash va skoring yoʻnalishiga rahbarlik qilgan, 2022–2024 yillarda esa bankning risklar boʻyicha direktori lavozimida ishlagan.

Simeyko 2024–2025 yillarda BillEase kompaniyasida firibgarlik va POS-risklari boʻyicha vitse-prezident, 2025–2026 yillarda Solva fintex kompaniyasida risklar boʻyicha direktor boʻlgan. LinkedIn sahifasiga koʻra, u 2026 yil martdan buyon mustaqil maslahatchi sifatida moliya tashkilotlariga kredit risklari va portfel strategiyasi boʻyicha xizmat koʻrsatib kelmoqda.

U 2001–2006 yillarda Yevropa universitetida moliyaviy menejment yoʻnalishi boʻyicha magistratura bosqichida tahsil olgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+