12 962.980 so‘m

increase

14.880

13 377.800 so‘m

decrease

-124.480

123.680 so‘m

increase

2.670

12 962.980 so‘m

increase

14.880

24-dekabr, 2024
FinLit

Moliyaviy erkinlikka erishish uchun byudjetlash usullari

Pullarni toʻgʻri boshqarish yoʻlida byudjetlashtirish muhim omil hisoblanadi. Biroq qaysi usullar orqali toʻgʻri byudjetlashtirish mumkin?

Moliyaviy erkinlikka erishish uchun byudjetlash usullari
Foto: AI

Byudjetlashtirish odatda ikki xil boʻladi: shaxsiy va oilaviy byudjet. Ikkala turda ham quyidagi byudjetlash usullari sizga tizimlashgan jamgʻarmalar yaratishga yordam beradi.

1. 50/30/20 qoidasi

50/30/20 qoidasi daromadni uch asosiy qismga ajratadi:

  • 50% zaruratlar: ijara, kommunal toʻlovlar, oziq-ovqat, transport va sugʻurta kabi zaruriy xarajatlar.
  • 30% xohishlar: ovqatlanish, koʻngilochar tadbirlar, sevimli mashgʻulotlar va sayohatlar.
  • 20% jamgʻarma va qarzlar: jamgʻarma hisoblari, investitsiyalar yoki qarzlarni toʻlashga moʻljallangan.

Misol uchun, siz 3 million soʻm topasiz deylik, bunda daromadingizning 1,5 mln soʻmi zarur xarajatlarga, 900 ming soʻmi esa xohish-istaklarga ketadi.

2. Konvertlar usuli

Konvertlar usuli ortiqcha xarajatlardan saqlanish va moliyaviy intizomni mustahkamlash uchun qulay hisoblanadi. Bunda har bir xarajat kategoriyasi uchun oldindan naqd pul ajratiladi. Pullar esa tegishli konvert yoki qutichaga joylashtiriladi. Qaysidir konvert boʻshab qolsa, bu kategoriyadan xarajat qilishni toʻxtatishingizga toʻgʻri keladi. Mazkur usul koʻrinishidan yoqimli tuyulsa-da, sizga bogʻliq boʻlmagan fors-major holatlar tufayli qoidalarga aniq va bir tekisda boʻysunish qiyinroq kechadi.

3. Avval jamgʻarma keyin xarajatlar

Bu usulda daromad avval jamgʻarmaga, yaʼni saqlashga qoʻyiladi. Ortgan mablagʻ esa qolgan xarajatlarga taqsimlanadi. Bu usul koʻproq miqdorda xarajat qilishni yoqtiradiganlar uchun qulay hisoblanadi. 

4. 80/20 asosida byudjetlash

Oxirgi usul qolganlariga nisbatan oson va qulay boʻlib, sizdan murakkab hisob-kitoblarni talab qilmaydi. Bunda siz daromadingizning 80 foizini sarflaysiz, 20 foizini esa saqlashga olib qoʻyasiz. Bu raqamlar oʻzgaruvchan boʻlib, istalgan tarafni 10 foizga kamaytirish orqali bir tarafga koʻproq mablagʻ ajratish mumkin.

Qaysi birini tanlash kerak?

Eng maqbul byudjetlashtirish usulini tanlash sizning moliyaviy maqsadlaringiz, hayot tarzingiz va shaxsiy xohish-istaklaringizga bogʻliqdir. Siz uchun amal qilish oson boʻlgan va oʻzgaruvchan moliyaviy holatingizga mos keladigan keladigan usulni  tanlash maqsadga muvofiqdir.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+