11 969.660 so‘m

decrease

-32.050

13 927.900 so‘m

decrease

-56.490

152.560 so‘m

decrease

-0.310

11 969.660 so‘m

decrease

-32.050

02-dekabr, 2025
Bank
310

Mikroqarz va avtokreditlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkalari qanday oʻzgarmoqda?

1 dekabr holatiga koʻra, banklardagi mikroqarzlar va avtokreditlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkalari statistik maʼlumotlar eʼlon qilina boshlaganidan buyon eng past darajaga tushdi.

Mikroqarz va avtokreditlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkalari qanday oʻzgarmoqda?
Foto: AI / Pinkod.uz

Markaziy bank banklar kesimida mikroqarzlar va avtokreditlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkalarini eʼlon qildi. Unga koʻra, mazkur mahsulotlar boʻyicha foiz stavkasi maʼlumotlar eʼlon qilina boshlanganidan beri eng past darajaga tushgan. 

Umumiy koʻrsatkichlarga nazar tashlasak, jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlar (mikroqarzlar bundan mustasno) oʻrtacha 22,1% ni, yuridik shaxslar uchun esa 23,1% ni tashkil etmoqda.

Mikroqarzlar

Mikroqarzlar boʻyicha oʻrtacha stavka 1 dekabr holatiga koʻra, 31,4 foizgacha pasaydi. Bu statistika eʼlon qilina boshlangandan keyingi davr uchun eng past koʻrsatkichdir.  Iyul oyi boshida maʼlumotlar eʼlon qilina boshlangan. Hozirga kelib bu koʻrsatkich 3,5 foizga pasaydi. 

Xususan, eng past foiz stavkalari Aloqabank (22,7%), Trastbank (23,8%) va Infinbank (25,0%) hissasiga toʻgʻri keladi. 

Aksincha, raqamli banklar va ayrim xususiy banklarda stavkalar nisbatan yuqori shakllangan boʻlib, Anorbank (40,7%), Tenge Bank (39,8%) va TBC Bank (39,4%) bu borada yetakchilik qilmoqda.

Avtokreditlar

1 dekabr holatiga koʻra, banklardagi avtokreditlarning oʻrtacha yillik foiz stavkasi 23,6 foizni tashkil etmoqda. 

Bu yoʻnalishda eng jozibador takliflar "Infinbank" (18,2%) va "Ipoteka-bank" (20,0%) tomonidan taqdim etilayotgan boʻlsa, eng yuqori koʻrsatkichlar "Trastbank" (26,6%) va "SQB" (26,4%) da qayd etilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+