11 833.370 so‘m

increase

35.910

13 577.610 so‘m

decrease

-30.760

139.790 so‘m

increase

0.020

11 833.370 so‘m

increase

35.910

Yaqin 15 daqiqa ichida
Bank
53

“Mikrokreditbank”da muammoli kreditlar bir oyda 27 foizga oshdi

“Mikrokreditbank”ning muammoli kreditlari bir oy ichida 486 mlrd soʻmga koʻpayib, 2,28 trln soʻmga yetdi. Natijada bank kredit portfelidagi NPL ulushi 7,9 foizdan 9,9 foizga koʻtarildi. Bu davlat ulushi mavjud banklar orasidagi eng yuqori koʻrsatkichdir.

“Mikrokreditbank”da muammoli kreditlar bir oyda 27 foizga oshdi

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 2026 yil 1 avgust holatiga “Mikrokreditbank”ning jami kredit portfeli 23,1 trln soʻmni tashkil etgan. Shundan 2,28 trln soʻmi muammoli kreditlar hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

Bir oy avval bankdagi NPL hajmi 1,8 trln soʻm edi. Shu tariqa, iyul davomida muammoli kreditlar 486 mlrd soʻmga yoki 27 foizga oshgan. NPL ulushi esa bir oyda 2 foiz punktga koʻtarilgan.

Taqqoslash uchun, shu davrda butun bank tizimidagi muammoli kreditlar 22,9 trln soʻmdan 23,9 trln soʻmga oshgan. Oʻsish qariyb 986 mlrd soʻm yoki 4,3 foizni tashkil etdi. Tizim boʻyicha NPL ulushi esa 3,6 foizdan 3,7 foizga koʻtarildi.

Demak, “Mikrokreditbank”dagi muammoli kreditlar oʻsish surʼati bir oyda bank tizimidagi umumiy koʻrsatkichdan qariyb olti baravar yuqori boʻlgan.

NPLning mutlaq hajmi boʻyicha Oʻzmilliybank 3,2 trln soʻm bilan birinchi oʻrinda. Keyingi oʻrinlarda “Agrobank” — 3,18 trln soʻm va “Mikrokreditbank” — 2,28 trln soʻm bilan joylashgan.

Ayni paytda, kredit portfelidagi NPL ulushi boʻyicha barcha banklar orasida eng yuqori koʻrsatkich TBC Bankda — 13,1 foiz. Undan keyin “Poytaxt bank” — 10,5 foiz, “Mikrokreditbank” — 9,9 foiz, “Anor bank” — 7,6 foiz va “Garant bank” — 7,2 foiz bilan turibdi.

Davlat ulushi mavjud banklar boʻyicha oʻrtacha NPL darajasi 4 foizni tashkil etmoqda. “Mikrokreditbank”dagi 9,9 foizlik koʻrsatkich ushbu oʻrtacha darajadan qariyb 2,5 baravar yuqori.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+