12 704.020 so‘m

increase

100.500

14 871.330 so‘m

increase

194.530

162.430 so‘m

increase

1.490

12 704.020 so‘m

increase

100.500

15-iyul, 13:06
Texnologiya

Meta Apple’ning sobiq muhandisini ishga olish uchun $200 mln sarfladi

Meta Apple’dagi AI modellar jamoasini boshqargan muhandis Ruoming Pangni ishga oldi. Bloomberg’ga koʻra, unga taklif qilingan kompensatsiya paketi $200 mlndan oshadi va bir necha yilga moʻljallangan.

Meta Apple’ning sobiq muhandisini ishga olish uchun $200 mln sarfladi
Foto: AI / Pinkod.uz

Meta oʻzining “superintelligence” (superintellekt) jamoasiga kuchli mutaxassislarni jalb etish uchun rekord darajadagi mablagʻlar sarflamoqda. Kompaniya yaqinda Apple’dagi AI modellar jamoasini boshqargan muhandis Ruoming Pangni ishga oldi. Bloomberg’ga koʻra, unga taklif qilingan kompensatsiya paketi $200 mlndan oshadi va bir necha yilga moʻljallangan.

Nashr manbasiga koʻra, Pangʻning maoshi bazaviy ish haqi, yirik kirish bonusi va Meta aksiyalaridan iborat. Aynan aksiyalar paketining umumiy qiymati eng katta qismini tashkil etadi. Biroq bu toʻlovlar darhol olinmaydi — ular maʼlum ish faoliyati natijalari va yillik ishlash muddati asosida bosqichma-bosqich beriladi. Yaʼni, xodim kompaniyada uzoq qolmasa yoki Meta aksiyalari oʻsmasa, mablagʻlarning bir qismi olinmasligi mumkin.

Meta tomonidan tashkil etilgan yangi sunʼiy intellekt guruhi — “Meta Superintelligence Labs” (MSL) hozirda sanoatdagi eng yirik maoshlarni taklif qilmoqda. Bu guruhga hozirgacha GitHub’ning sobiq rahbari Nat Fridman, AI startap asoschisi Daniyel Gross va OpenAI, Anthropic, Google kabi kompaniyalardan oʻtgan bir necha olimlar qoʻshildi.

Shuningdek, Meta Scale AI asoschisi Aleksandr Vangni bosh sunʼiy intellekt direktori sifatida jalb qilgan. Buning uchun kompaniya Wangning firmasi ulushining 49 foizini $14,3 mlrdga sotib olgan.

Bu yollovlar sunʼiy intellekt sohasida kuchayib borayotgan isteʼdodlar uchun kurashni yaqqol namoyon qilmoqda. OpenAI rahbari Sem Altman ham yaqinda Meta raqobatni keskinlashtirayotganini tan oldi. Uning aytishicha, Meta baʼzi xodimlariga 100 million dollarlik kirish bonuslari taklif qilgan, ammo koʻpchilik baribir OpenAIʼda qolishga qaror qilgan — sababi kompaniyada innovatsiyaga boʻlgan ishonch va mustahkam madaniyat.

Shunga qaramay, Mark Sukerberg boshchiligidagi Meta soʻnggi oylarda 10 dan ortiq OpenAI xodimlarini ishga olishga muvaffaq boʻldi. Ekspertlar fikricha, bu raqobat nafaqat texnologiyalarni, balki global AI sanoatining kelajagini belgilab beradi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+