12 123.380 so‘m

increase

51.350

14 094.640 so‘m

increase

77.810

149.190 so‘m

increase

1.180

12 123.380 so‘m

increase

51.350

03-oktabr, 15:40
Bank

Markaziy bank TBC bank, Davrbank va Hamkorbank’ga nisbatan umumiy 2,5 mlrd soʻm jarima qoʻlladi

Markaziy bank tomonidan mazkur banklar qonunchilik talablarini bir necha marotaba buzgani aniqlandi va ularga nisbatan jami 2,5 mlrd soʻmdan ortiq miqdorda jarima sanksiyalari qoʻllanildi.

Shuningdek, ortiqcha hisoblangan foizlar va noqonuniy undirilgan toʻlovlar miqdorida mablagʻlar qaytariladi. 

Xususan, TBC bank — 4,2 mlrd soʻm, Davr bank — 4 mlrd soʻmga yaqin, Hamkorbank esa 20 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻni isteʼmolchilarga qaytarishi belgilandi.

Markaziy bank TBC bank, Davrbank va Hamkorbank’ga nisbatan umumiy 2,5 mlrd soʻm jarima qoʻlladi
Foto: AI / Pinkod.uz

Markaziy bank uchta bankka nisbatan jarima qoʻlladi. 

Regulyator matbuot xizmatiga koʻra, joriy yilning oʻtgan davrida bank xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirish yoʻnalishida qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan TBC bank, Davr bank va Hamkorbankda oʻrganishlar oʻtkazilgan. Natijada ushbu banklar tomonidan qator qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyilgani aniqlandi.

Jumladan, TBC bank rasmiy veb-saytida axborot berish va isteʼmolchiga taqdim etilishi lozim boʻlgan minimal axborot hajmi boʻyicha talablar bajarilmagan. Kredit shartnomalari boʻyicha garov mulkiga nisbatan bankning huquqlari haqidagi yozuvlar qonunchilikda belgilangan muddatdan kechiktirib garov reyestridan va taqiqdan chiqarilgan. Qarz oluvchilarning moliyaviy ahvolini tahlil qilishi zarurligi toʻgʻrisida ogohlantirilmasdan onlayn mikroqarzlar ajratilgan hamda kreditni qoplash uchun kelib tushgan mablagʻlar qarzdorlikni soʻndirishga oʻz vaqtida yoʻnaltirilmagan.

Davr bankda esa ayrim xizmatlar isteʼmolchiga qoʻshimcha xizmatdan foydalanish sharti bilan koʻrsatilgan, xorijiy valyutadagi kreditlar boʻyicha kunlik foizlar esa notoʻgʻri hisoblangan. Shuningdek, isteʼmolchilar bilan tuzilgan shartnomalarda ularning huquqlarini cheklaydigan bandlar mavjud boʻlgan va qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar toʻliq kiritilmagan. Mobil ilova orqali onlayn kredit ajratishda xizmatning asosiy xususiyatlari, shu jumladan oʻziga xos jihatlari haqida toʻliq va aniq maʼlumot berilmagan.

Hamkorbankda esa kredit ajratish jarayonida hujjatlarni koʻrib chiqish va ajratish uchun bir martalik komissiyalar, shuningdek garov mulkini taqiqqa qoʻyishga xizmat haqlari noqonuniy undirilgan.

Uchchala bankda ham murojaatlarni koʻrib chiqish boʻyicha qonunchilik talablariga rioya etilmagani qayd etildi. Shundan kelib banklarga quyidagi miqdorlarda jarima qoʻllanildi:

  • TBC bank — 615 mln soʻm
  • Davr bank — 931 mln soʻm
  • Hamkorbank— 955 mln soʻm

Shuningdek, aniqlangan qonunbuzarliklarni bartaraf etish, isteʼmolchilarga yetkazilgan zararni qoplash va ularning buzilgan huquqlarini tiklash boʻyicha banklarga aniq topshiriqlar berildi.

Xususan:

  • TBC bank ortiqcha hisoblangan 2,5 mlrd soʻm foizlarni va sud qarorlaridan soʻng hisoblangan 1,7 mlrd soʻmlik foizlarni isteʼmolchilar foydasiga qayta hisoblab berdi.
  • Davr bank xorijiy valyutadagi kreditlar boʻyicha ortiqcha hisoblangan 1,7 mlrd soʻm foizlarni, kredit summasidan noqonuniy ushlab qolingan 1,9 mlrd soʻmni va garov taqiqi uchun undirilgan 461,6 mln soʻmlik toʻlovlarni qaytardi.
  • Hamkorbank esa kredit berishda qonunga zid ravishda undirilgan 19,2 mlrd soʻm va garov taqiqlari bilan bogʻliq 1,5 mlrd soʻm toʻlovlarni qaytarishi belgilandi.

Bundan tashqari, kredit shartnomalarida koʻzda tutilmagan boʻlsa-da, qarz oluvchilardan undirilgan 54,9 mln soʻmlik komissiyalar ham isteʼmolchilarga qaytarib beriladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+