12 058.450 so‘m

decrease

-27.110

13 818.980 so‘m

decrease

-51.620

164.040 so‘m

decrease

-0.480

12 058.450 so‘m

decrease

-27.110

8 soat avval
Bank
123

Markaziy bank murojaatlar boʻyicha eng salbiy koʻrsatkichga ega Top-10 bankni ochiqladi

2026 yilning birinchi choragida Biznesni rivojlantirish banki, Anor Bank va Mikrokreditbank mijozlar soniga nisbatan murojaatlar ulushi boʻyicha eng salbiy koʻrsatkichlarni qayd etdi.

Markaziy bank murojaatlar boʻyicha eng salbiy koʻrsatkichga ega Top-10 bankni ochiqladi
Foto: AI/Pinkod.uz

Markaziy bank 2026 yilning birinchi choragi yakunlari boʻyicha murojaatlar indeksida eng salbiy koʻrsatkichga ega oʻnta tijorat banki roʻyxatini eʼlon qildi.

Reytingda Biznesni rivojlantirish banki 3,34 koʻrsatkich bilan birinchi oʻrinni egalladi. Keyingi oʻrinlardan Anor Bank — 3,29 hamda Mikrokreditbank — 3,23 indeks bilan joy oldi.

Shuningdek, roʻyxatga quyidagi banklar kiritilgan:

  • AVO Bank — 2,16;
  • TBC Bank — 2,06;
  • Davr Bank — 1,85;
  • Tenge Bank — 1,72;
  • Asakabank — 1,26;
  • Turon Bank — 1,25;
  • Agrobank — 1,22.

Indeks bankka kelib tushgan murojaatlar sonining barcha banklarga yuborilgan murojaatlardagi ulushini bank mijozlari soni boʻyicha bozor ulushiga boʻlish orqali hisoblanadi. Koʻrsatkich qancha yuqori boʻlsa, bankning mijozlar bazasiga nisbatan murojaatlar ulushi shuncha katta ekanini anglatadi.

Markaziy bankka koʻra, yuqori indeks mijozlarga bank mahsulotlari va xizmatlari haqida yetarli tushuntirish berilmayotgani, murojaatlarga oʻz vaqtida javob qaytarilmayotgani yoki takroriy shikoyatlarga sabab boʻlayotgan tizimli muammolar mavjudligini koʻrsatishi mumkin.

Regulyator roʻyxatga kirgan banklarga murojaatlarning kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilish, takroriy shikoyatlarga olib kelayotgan omillarni bartaraf etish, mijozlarga xizmat koʻrsatish sifati va ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirishni tavsiya qildi.

Markaziy bank qayd etishicha, mazkur indeks banklarning moliyaviy holati, toʻlovga qobiliyati yoki ishonchlilik darajasini baholamaydi. Bundan tashqari, chorak davomida 100 tadan kam murojaat kelib tushgan banklar boʻyicha indeks hisoblanmaydi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+