11 940.950 so‘m

increase

38.650

13 814.490 so‘m

increase

34.010

152.680 so‘m

increase

0.500

11 940.950 so‘m

increase

38.650

Yaqin 2 soat ichida
Bank
23

Markaziy bank ikkita toʻlov tashkiloti faoliyatini 6 oyga chekladi

Markaziy bank qoidabuzarliklar aniqlangani sabab TEZPAY va NATIONAL PAY toʻlov tashkilotlarining ayrim xizmatlarini 13 noyabrdan boshlab olti oyga chekladi.

Markaziy bank ikkita toʻlov tashkiloti faoliyatini 6 oyga chekladi
Foto: AI / Pinkod.uz

Markaziy bankning Bank nazorati qoʻmitasi 2025 yil oktabr oyida oʻtkazgan yetti yigʻilishida jami 24 ta masalani koʻrib chiqib, tegishli qarorlar qabul qildi.

Roʻyxatga olish va ruxsat berish yoʻnalishida 14 ta masala koʻrib chiqildi. Ularga kredit tashkilotlari ustaviga oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish (3 ta), yangi mikromoliya tashkilotlarini hisobga olish (2 ta), bir mikromoliya tashkilotini reyestrdan chiqarish, kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushini sotib olishga ruxsat berish (3 ta), shuningdek tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlari rahbariyati hamda muhim ahamiyatga ega xodimlar nomzodlarini koʻrib chiqish (5 ta) kiradi.

Shuningdek, kredit tashkilotlarining moliyaviy holati va prudensial meʼyorlarga rioya etilishi boʻyicha 10 ta masala muhokama qilindi. Ular Markaziy bank talablarining bajarilishi, tijorat banklari va mikromoliya tashkilotlarida oʻtkazilgan inspeksiyalar natijalari, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalarini oʻz ichiga oldi.

Aniqlangan kamchiliklar sabab 1 ta bank va 1 ta toʻlov tashkiloti ogohlantirildi. Shuningdek, qonunchilik talablari buzilganligi uchun 3 ta bank, 5 ta mikromoliya tashkiloti va 2 ta toʻlov tashkilotiga jarima sanktsiyalari qoʻllandi.

TEZPAY va NATIONAL PAY AJlarda aniqlangan qoidabuzarliklar asosida Markaziy bank ularning ayrim toʻlov xizmatlari va operatsiyalarini 13 noyabrdan boshlab olti oy muddatga chekladi. Cheklovlar elektron toʻlovlarga ishlov berish, banklarga zarur maʼlumotlarni uzatish hamda pul mablagʻlarini qabul qilish va oʻtkazmalarni amalga oshirish kabi yoʻnalishlarga taalluqli.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+