11 814.050 so‘m

increase

11.860

13 482.190 so‘m

decrease

-45.480

139.930 so‘m

increase

0.060

11 814.050 so‘m

increase

11.860

4 soat avval
Iqtisodiyot
94

Markaziy bank BlackRock bilan zaxiralarni boshqarish boʻyicha hamkorlik qiladi

Oʻzbekiston Markaziy banki dunyodagi eng yirik investitsiyalarni boshqaruvchi kompaniyalardan biri — BlackRock bilan xalqaro zaxiralarni boshqarish boʻyicha hamkorlik imkoniyatlarini oʻrganadi. Tomonlar aktivlarni taqsimlash, investitsiya portfelini shakllantirish va xatarlarni boshqarish boʻyicha tajriba almashadi.

Markaziy bank BlackRock bilan zaxiralarni boshqarish boʻyicha hamkorlik qiladi

Markaziy bank va BlackRock oʻrtasidagi anglashuv memorandumi 18 sentabr kuni Toshkentda oʻtkazilgan Xalqaro davlat zaxiralarini boshqarish forumi — IPAM 2026 doirasida imzolangan. Hujjat ikki yil davomida amal qiladi.

Memorandumga koʻra, tomonlar zaxiralarni strategik aktivlar boʻyicha taqsimlash, portfelni shakllantirish, investitsiya yechimlari va xatarlarni boshqarish masalalarida hamkorlik qiladi. Bundan tashqari, kapital bozorlaridagi kutilmalar va makroprudensial tahlil boʻyicha tajriba almashish rejalashtirilgan.

BlackRock Investment Institute Markaziy bank uchun global moliya bozorlaridagi oʻzgarishlar va makroiqtisodiy istiqbollar boʻyicha muntazam brifinglar oʻtkazishi ham koʻzda tutilgan. Markaziy bank mutaxassislari BlackRock’ning forum, seminar va taʼlim dasturlarida qatnashishi mumkin.

Ayni paytda memorandum BlackRock’ka Oʻzbekistonning xalqaro zaxiralarini bevosita boshqarish vakolatini bermaydi. Hujjat investitsiya mandati, bitim yoki tomonlar uchun moliyaviy majburiyat ham yuzaga keltirmaydi. Amaliy hamkorlikning alohida yoʻnalishlari zarur boʻlsa, keyinchalik alohida kelishuvlar orqali belgilanadi.

Markaziy bank ayni davrda zaxiralarni boshqarish tizimini diversifikatsiya qilish masalasini boshqa xalqaro institutlar bilan ham muhokama qilmoqda. Xususan, Citibank bilan valyuta va oltin zaxiralarini diversifikatsiya qilish hamda aktivlarni taqsimlashni optimallashtirish, PIMCO bilan esa tashqi boshqaruv va obligatsiyalar portfelini rivojlantirish masalalari koʻrib chiqilgan.

IPAM 2026 doirasida Markaziy bank BlackRock’dan tashqari Goldman Sachs, Amundi, Natixis va PIMCO kabi yirik global aktiv boshqaruvchilari bilan muzokaralar oʻtkazgan. Umuman, forum davomida xalqaro hamkorlar bilan 20 ta ikki tomonlama uchrashuv tashkil etilgan.

Markaziy bank Jahon banki bilan zaxiralarni boshqarish boʻyicha RAMP dasturi doirasida 2020 yildan beri hamkorlik qilib keladi. Hozir tomonlar ushbu hamkorlikni yana uch yilga uzaytirish va zaxira aktivlarini diversifikatsiya qilish yoʻnalishlarini kengaytirishni muhokama qilmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+