12 001.710 so‘m

decrease

-46.330

13 984.390 so‘m

decrease

-78.080

152.870 so‘m

decrease

-0.410

12 001.710 so‘m

decrease

-46.330

Yaqin 1 soat ichida
Bank
31

Markaziy bank bir oyda 10 ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi

Oʻtkazilgan tekshiruvlar va muhokamalar yakunida 10 ta bank hamda 1 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalari qoʻllandi. Yana bir qator moliya tashkilotlariga qonunbuzarliklar yuzasidan ogohlantirish berildi.

Markaziy bank bir oyda 10 ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
Foto: AI/Pinkod.uz

Markaziy bank matbuot xizmatining xabar berishicha, Bank nazorati qoʻmitasining 2025-yil dekabr oyida boʻlib oʻtgan yigʻilishlarida jami 45 ta masala koʻrib chiqilib, ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilingan.

Roʻyxatga olish va ruxsat berish yoʻnalishida 30 ta masala muhokama qilindi. Xususan, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha 5 ta, yangi tashkil etilayotgan mikromoliya va kredit tashkilotlarini hisobga olish boʻyicha 4 ta hamda kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushga egalik qilishga ruxsat berish boʻyicha yana 4 ta masala koʻrib chiqildi.

Shuningdek, “tartibga solish qumdoni” doirasida faoliyat yuritish masalasi, banklarga auditorlik malaka sertifikatlarini berish (4 ta) hamda banklar kuzatuv kengashi va boshqaruvi aʼzolari, shuningdek muhim ahamiyatga ega xodimlar nomzodlarini koʻrib chiqish boʻyicha 12 ta masala muhokama qilindi.

Kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga oid 15 ta masala ham koʻrib chiqilib, ular doirasida Markaziy bank koʻrsatmalari va prudensial meʼyorlarga rioya etilishi, banklar hamda kredit va mikromoliya tashkilotlarida oʻtkazilgan inspeksiya natijalari, shuningdek bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish masalalari tahlil qilindi.

Bundan tashqari, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirgʻin qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish, shuningdek bank va toʻlov tashkilotlarida kiberxavfsizlikni taʼminlash bilan bogʻliq holatlar muhokama etildi.

Natijada Markaziy bank talablari, inspeksiya tekshiruvlari hamda jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish qoidalariga rioya etilmaganligi sababli 10 ta bank va 1 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima sanksiyalari qoʻllanildi.

Shu bilan birga, prudensial normativlarga rioya qilinmagani, faoliyat qonunchilik talablariga muvofiqlashtirilmagani va tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklar sababli 10 ta bank, 1 ta toʻlov tashkiloti va 1 ta toʻlov operatoriga nisbatan taʼsir choralari va sanksiyalar qoʻllanishi mumkinligi haqida ogohlantirish berildi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+