12 010.450 so‘m

decrease

-13.160

13 200.690 so‘m

decrease

-36.100

145.640 so‘m

increase

0.100

12 010.450 so‘m

decrease

-13.160

7 soat avval
Bank
90

Markaziy bank 4 ta bankka islomiy bank faoliyati uchun litsenziya berdi

“Ipak Yo‘li”, Asia Alliance Bank, Orient Finans va Hayot Bank Oʻzbekistonda islomiy bank xizmatlarini koʻrsatish huquqini oldi. Avvalroq bunday litsenziya Open Bank’ga ham berilgan edi. Shu tariqa mamlakatda islomiy bank faoliyati uchun litsenziya olgan banklar soni beshtaga yetdi.

Markaziy bank 4 ta bankka islomiy bank faoliyati uchun litsenziya berdi

Markaziy bank boshqaruvining 18 noyabrdagi tegishli qarorlari bilan yana toʻrtta tijorat bankiga islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar taqdim etildi. Bu haqda regulyator xabar berdi.

Litsenziya olgan banklar:

  • “Ipak Yo‘li” aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki;
  • Asia Alliance Bank;
  • Orient Finans Bank;
  • Hayot Bank.

Mazkur litsenziyalar banklarga “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunning 5¹-moddasida belgilangan islomiy moliya operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradi.

Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyati uchun birinchi litsenziya 2026 yil 23 oktabrda Open Bank’ga berilgan edi.

Islomiy bank faoliyatini joriy etishning huquqiy asoslari 2026 yil 27 martda qabul qilingan OʻRQ-1126-sonli qonun bilan belgilangan. Hujjatga koʻra, banklar anʼanaviy va islomiy bank faoliyatini tegishli litsenziyalar asosida birgalikda olib borishi mumkin.

Qonunchilik islomiy moliyalashtirishning bir nechta shaklini nazarda tutadi. Jumladan, banklar tovarlarni nasiyaga sotish, mol-mulkni sotib olish huquqi bilan ijaraga berish, sherikchilik asosida moliyalashtirish va investitsiyaviy omonatlarni jalb etish kabi operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+