12 964.430 so‘m

decrease

-30.160

14 744.450 so‘m

decrease

-17.400

158.280 so‘m

increase

0.600

12 964.430 so‘m

decrease

-30.160

16 январь, 19:41
Bank

Markaziy bank 100 grammli oltin quymalarni sotuvga chiqarmoqda

Oʻzbekistonda mazkur oltin quymalarni qayerdan va qanday sotib olish mumkin?

Markaziy bank 100 grammli oltin quymalarni sotuvga chiqarmoqda

Markaziy bank aholining investitsiya va jamgʻarish imkoniyatlarini yanada oshirish hamda qimmatbaho metallar muomalasini kengaytirish maqsadida  2025 yilning 17 yanvaridan boshlab ogʻirligi 100 gramm boʻlgan oltindan tayyorlangan oʻlchovli quymalarni tijorat banklari orqali sotuvga chiqarmoqda.

Bungacha mamlakatda 5, 10, 20, 50 grammli oltin quymalarini sotib olish mumkin yedi.

Nima uchun oltin xavfsiz investitsiya hisoblanadi?

Oltin oʻzining ichki qiymati, kamyobligi va iqtisodiy pasayishlar va geosiyosiy inqirozlar davridagi tarixiy koʻrsatkichlari tufayli xavfsiz investitsiya deb hisoblanadi. U inflyatsiya va valyuta qadrsizlanishiga qarshi himoya vositasi sifatida xizmat qiladi.

Xabarda qayd etilishicha, quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuv uchun taqdim etiladi. Oltin quymalarning qadogʻi sertifikat vazifasini bajarib, oʻz seriya raqamiga ega boʻladi.

Qadoqlari shikastlanmagan oltin quymalar sotuv shoxobchalarida quyma egasiga toʻlovni amalga oshirish orqali qaytarib sotib olinadi.

Qadogʻi buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan oltin quymalarni qaytarib sotib olish ularni texnik ekspertizadan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi va ekspertiza oʻtkazilgandan soʻng toʻlov toʻlab beriladi.

Qadogʻi but holatdagi oltin quymalarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi.

Oʻzbekistonda oltinni qanday sotib olish mumkin?

Oʻzbekistonda Markaziy bank tomonidan 999,9 soflikdagi oltindan  5, 10, 20, 50 va 100 grammli quymalar sotuvga chiqarilgan va quymalar narxini regulyator har kuni yangilab boradi. Oltin quymalarini banklardan sotib olish imkoniyati mavjud. Banklarning manzillari va batafsil maʼlumotlarni Markaziy bank rasmiy saytidan topish mumkin.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+