12 962.980 so‘m

increase

14.880

13 377.800 so‘m

decrease

-124.480

123.680 so‘m

increase

2.670

12 962.980 so‘m

increase

14.880

23-dekabr, 2024
FinLit

Mahsulot narxini oshirmasdan turib, mijozdan qanday qilib avvalgidan koʻproq pul olish mumkin?

Inflyatsiya har doim kishilarga seziladigan darajada ochiq boʻlavermaydi. Iqtisodiyotda bu holat yashirin inflyatsiya deb ataladi.

Mahsulot narxini oshirmasdan turib, mijozdan qanday qilib avvalgidan koʻproq pul olish mumkin?

Odatda, inflyatsiya deganda tovar va xizmatlar narxlari oshib, pulning qadrsizlanishini tushuniladi. Bozor yoki supermarketga borganda narxlarning oshganini darhol payqash mumkindek goʻyo. Ammo baʼzan inflyatsiya ochiq emas, balki yashirin shaklda yuz beradi. Bu iqtisodiyotda yashirin inflyatsiya yoki shrinkflyatsiya deb ataladi.

Shrinkflyatsiya qanday ishlaydi?

Yashirin inflyatsiya bu mahsulot narxini oʻzgartirmasdan, uning hajmini yoki sifatini kamaytirishdir. Misol uchun, bir paytlar 50 gramm boʻlgan shokolad endi 44 gramm boʻlib qoldi, lekin narxi oʻzgarmadi.

Masalan, qaysidir fast food tarmogʻida necha yildan beri narx koʻtarilmaydi, biroq lavashlar hajmi kichrayib boryapti. Yoki kolbasali pitssani olaylik, faqat endi kolbasa kamroq yoki ichidagi pishloq yupqaroq boʻladi.

Aslida, kompaniyalar mahsulot hajmini yoki tarkibini kamaytirib, mijozdan avvalgidan koʻproq pul olishadi, buni darhol sezmaslik mumkin.

Shrinkflyatsiya qachon va nima uchun sodir boʻladi?

1. Xarajatlarning oshishi: xomashyo yoki ishlab chiqarish xarajatlari oshganda, kompaniyalar mahsulot narxini koʻtarish oʻrniga hajmni kamaytiradi. Bu isteʼmolchilarning eʼtiborini kamroq jalb qiladi.

2. Raqobatbardoshlikni saqlash: agar kompaniya narxni oshirsa, isteʼmolchi boshqa raqib brendni tanlashi mumkin. Narx oʻzgarmasligi kompaniyaga bozorda oʻz oʻrnini saqlab qolish imkonini beradi.

3. Psixologik omil: koʻpchilik isteʼmolchilar mahsulot narxiga eʼtibor beradi, lekin hajm va vaznni tekshirishni unutadi. Kompaniyalar esa bundan mohirona foydalanadi.

Shrinkflyatsiya sezish uchun quyidagi jihatlarga eʼtibor berish lozim:

1. Qadoqlardagi oʻlcham va vaznni tekshirish: mahsulot oʻramining hajmi yoki vazni avval qanday edi-yu, hozir qanday boʻldi? Masalan, 1 kilogrammlik guruch nega hozir 900 gramm boʻlib qoldi? 

Foto: AI

2. Mahsulotni boshqa brendlar bilan solishtirish: bir xil turdagi mahsulotlarning hajm va narx farqlarini koʻrib chiqish kerak. Shunda haqiqiy qiymatni aniqlash osonroq boʻladi.

3. Narx oʻrniga mahsulot qiymatiga eʼtibor qaratish: siz berayotgan pulingizga mos miqdorda mahsulot olyapsizmi yoki bu shunchaki narx illyuziyasimi?

4. Eski va yangi mahsulotni solishtirib koʻring: masalan, eski qadoqlarni saqlab qoʻygan boʻlsangiz, ularni yangi mahsulot bilan taqqoslang. Bu farqni aniqroq koʻrishingizga yordam beradi.

Shrinkflyatsiyadan qochish uchun birinchi navbatda ongli haridlar qilishga oʻtib, har bir mahsulot hajmi va tarkibini tekshirishni odat qiling. Iqtisodiy tarafdan yutish uchun esa koʻp miqdordagi mahsulotlarni xarid qiling. Bu odatda sizning hamyoningizga foydaliroq boʻladi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+