12 466.440 so‘m

decrease

-58.480

14 517.170 so‘m

decrease

-113.190

155.420 so‘m

decrease

-0.540

12 466.440 so‘m

decrease

-58.480

2 kun avval
Bozor

Magnum oʻrniga Korzinka: Samarqand Darvoza’da yangi supermarket ochilishi kutilmoqda

Samarqand Darvoza savdo majmuasida Korzinka supermarketi ochilishi kutilmoqda. Pinkod aniqlashicha, tarmoq hozirda ushbu manzilda toʻliq formatli supermarketni ishga tushirish uchun xodimlar jalb qilmoqda.

Magnum oʻrniga Korzinka: Samarqand Darvoza’da yangi supermarket ochilishi kutilmoqda
Foto: AI / Pinkod.uz

Samarqand Darvoza savdo majmuasida Korzinka supermarketlar tarmogʻi faoliyat boshlashi rejalashtirilmoqda. Pinkod’ning aniqlashicha, Korzinka tarmogʻi mazkur majmuada faoliyat boshlashga tayyorlanmoqda.

Bu haqda maʼlumot Korzinka’ning vakansiyalarni eʼlon qilib boruvchi Telegram-botida paydo boʻlgan. Unda Samarqand Darvoza filiali uchun bir necha vakansiyalar eʼlon qilingan. Botda hozirda oshpaz, kassir, qassob, sotuvchi, baliq tozalash boʻyicha mutaxassis, ombor xodimi va boshqa lavozimlarga xodimlar qidirilayotgani koʻrsatilgan. 

Bu esa kompaniya savdo markazda toʻliq formatli supermarketni ishga tushirishga hozirlik koʻrayotganidan dalolat beradi.

Shuningdek, botda koʻrsatilgan geolokatsiya manzili ham bevosita Samarqand Darvoza savdo markazini koʻrsatmoqda.

Samarqand Darvoza va supermarketlar tarixi

Samarqand Darvoza savdo-koʻngilochar markazi 2013 yilda foydalanishga topshirilgan boʻlib, ochilgan ilk kunlardanoq uning savdo zalida Makro supermarketi ish boshlagan.

Dastlab “Samarqand Darvoza” savdo markazi The Tower Mall management groupʼga tegishli boʻlgan. 2019 yilda esa u “Oʻzbek-Oʻmon investitsiya kompaniyasi” MChJga sotilgan. Ushbu kompaniya taʼsischiligida tashkil etilgan “SD Mall” MChJ hozirga qadar majmuani boshqarib keladi.

2013 yildan 2021 yil yanvarigacha Makro supermarketlar tarmogʻi Samarqand Darvoza’da faoliyat yuritgan. Ammo oʻsha yilning 7 yanvar kuni UzOman va Carrefour brendini boshqaruvchi Dubaylik Majid Al Futtaim kompaniyasi oʻrtasida Samarqand Darvoza hamda Compass savdo majmualarida Makro doʻkonlari oʻrnida gipermarketlar ochish boʻyicha shartnoma imzolandi.

Yanvar oyining oxirlarida “Samarqand Darvoza” xodimlari “Makro”ning savdo maydoni va omborini elektrsiz qoldirdi. Shundan soʻng tarmoq sudga murojaat qildi.

Biroq sud Makro’ning talablarini qanoatlantirmadi va 2021 yil mart oyida supermarket tarmogʻi Samarqand Darvoza’dan butunlay chiqib ketdi.

Carrefour va Magnum

2021 yil aprelida majmuaning birinchi qavatida Carrefour gipermarketi ochildi. Fransuz brendi dastlab Oʻzbekistonda faol kengayishni rejalashtirgan boʻlsa-da, oradan koʻp oʻtmay mamlakat bozoridan chiqib ketishga qaror qildi.

Carrefour Hypermarket Samarkand Darvoza Reviews - Hypermarket in Tashkent,  Uzbekistan | Top-Rated.Online

Carrefour doʻkonlari keyinchalik Qozogʻistonlik “Magnum” tarmogʻi balansiga oʻtkazildi. 2021 yil dekabrida Oʻzbekistonga kirib kelgan kompaniya 2023 yil avgustida Carrefourʼning barcha savdo nuqtalarini sotib oldi va ularni oʻz nomi ostida qayta ishga tushirdi. Shunday qilib, Tashkentdagi Magnum filiallari soni yettiga yetdi.

Ammo 2024 yildan boshlab Magnum faoliyatida pasayish sezildi. Avvaliga 23 fevral kuni Qoratoshdagi doʻkon yopildi. 2025 yil mayida esa yana ikki filial — Magnum Yunusobod va Magnum Atlas Chilonzor yopilgani xabar qilindi. Rasmiy izohda bular boshqa manzilga koʻchirilgani aytilgan boʻlsa-da, koʻchirilgan manzilda allaqachon doʻkon ishlayotgani sababli amalda yopilish sifatida qabul qilindi.

Samarqand Darvoza`da Magnum supermarketining ochilishi — Toshkent Afishasi

Oradan koʻp oʻtmay, 2025 yil 16 iyunda Samarqand Darvozadagi Magnum ham faoliyatini toʻxtatdi. Pinkod muxbiri 5 iyun kuni joyiga borib, doʻkonning yopilganini tasdiqladi. Shuningdek, Skartariss kanalida taʼkidlanishicha, hozirda Magnumʼning Oʻzbekistondagi rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalari butunlay oʻchirilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+