12 081.630 so‘m

decrease

-20.760

13 837.090 so‘m

decrease

-153.270

150.440 so‘m

decrease

-2.640

12 081.630 so‘m

decrease

-20.760

8 soat avval
Soliq
40

Korzinka, Uzum Market va boshqalar: yirik savdo korxonalari 2025 yilda qancha soliq toʻladi?

2025 yilda Oʻzbekistonda savdo korxonalari tomonidan byudjetga 35,3 trln soʻm soliq toʻlandi. Eng yirik soliq toʻlovchilar orasida Korzinka 385 mlrd soʻm bilan birinchi, Uzum Market esa 231 mlrd soʻm bilan ikkinchi oʻrinni egalladi.

Korzinka, Uzum Market va boshqalar: yirik savdo korxonalari 2025 yilda qancha soliq toʻladi?
Foto: AI/Pinkod.uz

2025 yilda Oʻzbekistonda savdo sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarning jami tovar aylanmasi 819,86 trln soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi maʼlum qildi.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, yil davomida 154,1 mingta savdo korxonasi tomonidan davlat byudjetiga jami 35,3 trln soʻm soliq toʻlovlari amalga oshirilgan. Ushbu summaning 7,8 foizi yoki 2,75 trln soʻmi eng yirik 20 ta kompaniya hissasiga toʻgʻri keladi.

2025 yil yakunlariga koʻra, eng koʻp soliq toʻlagan kompaniya Korzinka supermarketlar tarmogʻini boshqaruvchi Anglesey Food MChJ XK boʻldi. Kompaniya tomonidan byudjetga 385,3 mlrd soʻm soliq toʻlangan.

Ikkinchi oʻrinni Uzum Market onlayn marketpleysi egallab, yil davomida 231,4 mlrd soʻm soliq toʻladi. Kuchli uchlikni esa 211,4 mlrd soʻm soliq bilan “Namangan-Istiqlol Bogʻi” MChJ yakunlab berdi.

Shuningdek, Total Oil Invest MChJ va UNG Petro kompaniyalari ham eng yirik soliq toʻlovchilar qatoridan joy oldi. Ular mos ravishda 211 mlrd soʻm va 188,8 mlrd soʻm soliq toʻlagan.

Mashhur kompaniyalar orasida Alif Moliya MChJ 158,6 mlrd soʻm, Nestle Food MChJ 125,5 mlrd soʻm, Samsung Uzbekistan esa 84,9 mlrd soʻm soliq toʻlagani qayd etilgan.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+