12 102.390 so‘m

decrease

-33.370

13 990.360 so‘m

decrease

-77.410

153.080 so‘m

decrease

-0.320

12 102.390 so‘m

decrease

-33.370

10 soat avval
Soliq
43

KFC, EVOS va Oqtepa Lavash: yirik fast-fud tarmoqlari Oʻzbekistonda qancha soliq toʻlaydi?

2025 yilda umumiy ovqatlanish sohasidagi korxonalarning jami savdo aylanmasi 21 trln soʻmni tashkil etdi. Yil davomida eng koʻp soliq toʻlagan va eng koʻp daromad qilgan kompaniya KFC fast-fud tarmogʻi boʻldi.

KFC, EVOS va Oqtepa Lavash: yirik fast-fud tarmoqlari Oʻzbekistonda qancha soliq toʻlaydi?
Foto: AI/Pinkod.uz

2025 yilda Oʻzbekistonda umumiy ovqatlanish sohasidagi korxonalarning jami savdo aylanmasi 21 trln soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan 20,4 ming nafar yuridik shaxs tomonidan davlat byudjetiga jami 1,7 trln soʻm soliq toʻlangan. Foydalanilgan soliq imtiyozlari hajmi esa 149,7 mlrd soʻmni tashkil etgan.

TOP-20 eng koʻp soliq toʻlovchi korxonalar umumiy savdo aylanmasining 22,7 foizini (4,8 trln soʻm) va soliq tushumlarining 19,6 foizini taʼminlagan.

Yil davomida eng koʻp soliq toʻlagan korxona KFC brendi ostida faoliyat yurituvchi International Foodchain MChJ boʻldi — kompaniya 89,5 mlrd soʻm soliq toʻlagan.

Ikkinchi oʻrinni 69 mlrd soʻm soliq toʻlovi bilan Evos fast-fud tarmogʻi egalladi. Kuchli uchlikni esa 40,4 mlrd soʻm soliq toʻlovi bilan Ketring MChJ yakunlab berdi.

Shuningdek, Oqtepa Lavash, Feed Up va Bellissimo Pizza fast-fud tarmoqlari ham eng koʻp soliq toʻlagan TOP-10 kompaniyalar qatoridan joy oldi.

Maʼlumotlarga koʻra, 2025 yilda KFC restoranlari Evosʼni ortda qoldirib, 1 trln soʻmdan ortiq daromad qilgan Oʻzbekistondagi ilk fast-fud tarmogʻiga aylandi.

Yil davomida KFC daromadi 36 foizga oshib, 1,06 trln soʻmga yetgan. Aksincha, Evos daromadi 3 foizga kamayib, 835,4 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Sof foyda koʻrsatkichlari ham KFC foydasiga oʻzgargan:

2024 yil:

  • KFC — 62,1 mlrd soʻm
  • Evos — 74,1 mlrd soʻm

2025 yil:

  • KFC — 100,4 mlrd soʻm (+61,7%)
  • Evos — 58,6 mlrd soʻm (-20,9%)

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+