12 931.940 so‘m

decrease

-8.170

14 107.450 so‘m

increase

51.900

150.180 so‘m

increase

4.560

12 931.940 so‘m

decrease

-8.170

08-fevral, 17:32
Iqtisodiyot

Ketma-ket pasayishlardan soʻng xalqaro oltin-valyuta zaxiralari yana koʻpaydi

Yanvar oyida Oʻzbekiston xalqaro zaxiralari oltin narxining yuqorilashi hisobiga $1,7 mlrddan koʻproqqa oshgan boʻlsa, xorijiy valyutadagi zaxirlar $1,3 mlrdga kamaydi.

Ketma-ket pasayishlardan soʻng xalqaro oltin-valyuta zaxiralari yana koʻpaydi
Foto: AI / Pinkod.uz

Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yanvar oyida $1,72 mlrdga koʻpayib, 1 fevral holatiga koʻra $42,9 mlrdni tashkil qilmoqda. Bu haqida Markaziy bank 7 fevral kungi hisobotida maʼlumot berdi.

Oʻzbekiston xalqaro zaxiralari tarkibidagi oltin miqdori yanvar oyida  $3 mlrddan koʻproqqa ortib, $35 mlrddan koʻproqni tashkil etdi. Aktivning bunday koʻtarilishiga jahon bozorida oltin narxining yuqorilashi sabab boʻlgan. Oltinning sof hajmi esa 0,3 mln troyaga oshib, 12,6 mln troyaga yetdi.

Koʻrsatkichlar1 yanvar 20241 yanvar 20252 fevral 2025
Rasmiy zaxira aktivlari (mlrd $)34,641,242,9
Oltin (mlrd $)24,632,0335,06
Sof hajmi (mln troya unsiya)11,912,312,6
Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari (mlrd $)9,48,67,3

Shunday boʻlsa-da, xorijiy valyutadagi aktivlar miqdori qariyb 1,3 mlrdga kamayib, $7,3 mlrdni tashkil qildi. Mazkur aktivlar tarkibidagi naqd valyuta va depozitlarning jami miqdori esa yilni $7,2 mlrd bilan boshladi.

Eslatib oʻtamiz, mamlakat xalqaro oltin-valyuta zahiralari dekabr oyida $0,3 mlrdga kamaygan edi.

Prognozlarga koʻra, oltin narxi yil davomida 3 000 dollargacha koʻtariladi. Maʼlumot uchun, jahon bozorida oltin narxi 5 fevral kuni 2882 dollargacha chiqib, hozirda bir unsiya uchun 2870 dollardan yuqoriroq narxda sotilmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+