12 035.260 so‘m

decrease

-15.080

13 710.570 so‘m

increase

25.000

151.460 so‘m

decrease

-1.830

12 035.260 so‘m

decrease

-15.080

8 соат аввал
Bank
76

Keshbek oʻrniga lotereyani taklif qilgan institut omonat foizlariga ham soliq joriy etmoqchi

Fiskal tahlillar instituti bank omonatlaridan olinadigan foiz daromadlariga 5 foizlik soliq joriy etishni taklif qildi.

Institut hisob-kitobiga koʻra, bu byudjetga yiliga qariyb 1,4 trln soʻm tushirishi mumkin. 

Avvalroq ayni institut 1 foizlik keshbekni davlat lotereyalariga almashtirish tashabbusini ilgari surgandi.

Keshbek oʻrniga lotereyani taklif qilgan institut omonat foizlariga ham soliq joriy etmoqchi

Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va fiskal tahlillar instituti jismoniy shaxslarning bank omonatlaridan oladigan foiz daromadlariga 5 foizlik soliq qoʻllashni taklif qildi. Institut hisob-kitobiga koʻra, bu byudjetga yiliga qariyb 1,4 trln soʻm tushirishi mumkin.

Tashabbus Toshkentda oʻtkazilgan “Fiskal muloqot” tadbirida ilgari surilgan. Unga koʻra, omonatlardan olinadigan foiz daromadlarini dividendlar bilan bir xil stavkada soliqqa tortish taklif qilinmoqda.

Hozircha bu faqat Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi institutning taklifi hisoblanadi. Soliq joriy etilishi uchun Soliq kodeksiga oʻzgartirish kiritilishi va u belgilangan tartibda qabul qilinishi kerak.

Amaldagi Soliq kodeksining 378-moddasiga koʻra, jismoniy shaxslarning banklardagi omonatlar boʻyicha oladigan foizlari va yutuqlari daromad soligʻidan ozod qilingan. Dividendlar va boshqa foiz koʻrinishidagi daromadlarga esa 5 foizlik stavka qoʻllanadi

Institut omonatlar uchun berilgan imtiyozni bekor qilib, ulardan olinadigan daromadga ham 5 foizlik soliq solishni taklif qilmoqda. Uning maʼlumotiga koʻra, bank omonatlari boʻyicha foizlar 1998 yildan beri daromad soligʻidan ozod etilgan.

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, 2026 yil 1 may holatida Oʻzbekiston banklaridagi aholi omonatlari 179,8 trln soʻmga yetgan

Institut hisob-kitobida omonatlarning oʻrtacha yillik daromadliligi 16 foiz deb olingan. Bunday sharoitda aholi bir yilda taxminan 27,2 trln soʻm foiz daromadi olishi mumkin. Unga 5 foizlik soliq qoʻllansa, byudjet tushumi 1,36 trln soʻmni tashkil etadi.

Masalan, 100 mln soʻmni yillik 16 foiz stavkada bankka qoʻygan omonatchi bir yilda 16 mln soʻm daromad oladi. Taklif qabul qilinsa, foiz daromadidan 800 ming soʻm soliq ushlab qolinadi va omonatchiga 15,2 mln soʻm qoladi.

Shu tariqa, soliq omonatning asosiy summasiga emas, faqat undan olingan daromadga qoʻllanadi. Biroq 16 foizlik omonatning soliqdan keyingi amaldagi daromadliligi 15,2 foizgacha, yaʼni 0,8 foiz punktga kamayadi.

Ayni paytda 1,36 trln soʻmlik byudjet tushumi shartli hisob-kitob hisoblanadi. Haqiqiy summa omonatlarning muddati, valyutasi, foiz stavkasi va ayrim toifadagi omonatchilarga imtiyozlar saqlanishiga qarab farq qilishi mumkin.


Bu institutning aholi manfaatlariga bevosita taʼsir qiladigan birinchi fiskal tashabbusi emas. 

Avvalroq tashkilot xaridlar uchun beriladigan 1 foizlik keshbekdan bosqichma-bosqich voz kechib, uning oʻrniga davlat lotereyalarini joriy etishni taklif qilgandi.

Oʻsha hisob-kitobda keshbek tizimi 2026 yilda byudjetga 1,8 trln soʻmga tushishi, lotereya uchun esa 100 mlrd soʻm yetishi aytilgan. Bu keshbek oʻrniga lotereya joriy etilsa, byudjet xarajatlarini qariyb 1,7 trln soʻmga kamaytirish mumkinligini anglatadi.

Institutning shartli hisob-kitoblari boʻyicha, keshbekni lotereyaga almashtirish va omonat foizlariga soliq joriy etish byudjetga jami 3 trln soʻmdan ortiq qoʻshimcha fiskal samara berishi mumkin. Biroq hozircha har ikki tashabbus ham taklif bosqichida qolmoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+