Kelgusi uch yilda dollar kursi 15 ming soʻmga chiqishi prognoz qilinmoqda
Oʻzbekiston kredit reytingi, YaIM va dollar kursi boʻyicha prognozlar — S&P Global Ratings xalqaro agentligi Oʻzbekiston iqtisodiyoti istiqbollarini baholadi.
S&P Global Ratings xalqaro agentligi prognoziga koʻra, 2024-2027 yillarda Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsish jamoat investitsiyalari va xususiy isteʼmol hisobiga oʻrtacha 5,6% darajasida boʻladi. Agentlik davlat sektori va tashqi qarzlarning davomli va nazoratsiz oʻsishi xavf tugʻdirishi mumkinligini qayd etsada, mamlakatning davlat moliyasi va joriy hisob defitsitlarining 2023 yildagi eng yuqori choʻqqidan keyin qisqarishini kutmoqda.
2024 yilda YaIMga nisbatan Oʻzbekistonning yalpi davlat qarzi hajmi 39% atrofida baholanib, global miqyosda oʻrtacha darajada qolmoqda. Bu qarzning katta qismi rasmiy kreditorlar oldidagi va imtiyozli shartlardagi majburiyatlardan iborat. Shu sababli tashkilot Oʻzbekistonning xorijiy va milliy valyutadagi davlat kredit reytinglarini barqaror “BB-/B” darajasida baholagan.
Tashkilot, shuningdek, Oʻzbekistonning YaIM hajmi va dollarning oʻzbek soʻmiga nisbatan kursini ham prognoz qilgan.
Yil | YaIM (mlrd $) | Aholi boshiga YaIM (ming $) | Dollar kursi (MB/$) |
2018 | 59 | 1,8 | 8,339.6 |
2019 | 67 | 2.0 | 9,507.6 |
2020 | 66 | 1,9 | 10,476.9 |
2021 | 77 | 2,2 | 10,837.7 |
2022 | 90 | 2,5 | 11,225.5 |
2023 | 102 | 2,8 | 12,338.8 |
2024 | 109 | 2,9 | 12,950.0 |
2025 | 120 | 3,1 | 13,650.0 |
2026 | 129 | 3,3 | 14,300.0 |
2027 | 139 | 3,5 | 15,000.0 |
Prognozga koʻra, Oʻzbekiston YaIM hajmi:
- 2024 yilda — $109 mlrd
- 2025 yilda — $120 mlrd
- 2026 yilda — $129 mlrd
- 2027 yilda — $139 mlrd
Aholi boshiga YaIM:
- 2024 yilda — $2,9 ming
- 2025 yilda — $3,1 ming
- 2026 yilda — $3,3 ming
- 2027 yilda — $3,5 ming
Dollarning oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati:
- 2024 yilda — 12,950 soʻm
- 2025 yilda — 13,650 soʻm
- 2026 yilda — 14,300 soʻm
- 2027 yilda — 15,000 soʻm