12 135.760 so‘m

decrease

-22.370

14 067.770 so‘m

decrease

-98.880

153.400 so‘m

decrease

-0.580

12 135.760 so‘m

decrease

-22.370

5 soat avval
Bank
31

Ipoteka krediti subsidiyasi uchun arizalar 16 martdan qabul qilinadi

2026 yil uchun ipoteka krediti subsidiyasiga ariza topshirish jarayoni 16 mart kuni soat 14:00 da boshlanadi. 

Arizalar Davlat xizmatlari markazlari, myGov mobil ilovasi hamda my.gov.uz portali orqali qabul qilinadi. 

Subsidiya va uni olish tartibi haqida batafsil maʼlumot bilan Pinkod maqolasida tanishish mumkin:

Ipoteka krediti subsidiyasi uchun arizalar 16 martdan qabul qilinadi
Foto: AI/Pinkod.uz

2026 yil uchun ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar olishga arizalar 16 mart kuni soat 14:00 dan qabul qilina boshlaydi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlum qildi.

Talabgorlar ijtimoiy mezonlar asosidagi baholash tizimida kamida 30 ball toʻplashi hamda kredit tarixi dasturda ishtirok etuvchi banklardan kamida bittasining ichki talablariga mos boʻlishi lozim.

Shuningdek, ariza beruvchining, jumladan uning turmush oʻrtogʻining nomida mamlakat hududida mulk huquqi asosida turar joy boʻlmasligi kerak. Talabgorning oʻrtacha oylik daromadi ham belgilangan mezonlar doirasida boʻlishi talab etiladi.

Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari, myGov mobil ilovasi yoki my.gov.uz portali orqali topshirish mumkin. Harbiy xizmatchilar esa arizani bevosita Davlat xizmatlari markazlari orqali topshiradi.

Ariza topshirish va baholash jarayonida OneID tizimi orqali banklarga kredit tarixini tekshirish uchun ruxsat berilgan boʻlishi kerak. Agar kredit tarixini olishga vaqtinchalik cheklov qoʻyilgan boʻlsa, banklar uni oʻrganolmaydi va ariza rad etilishi mumkin.

Dasturda ishtirok etuvchi banklar:

  • Agrobank
  • Aloqabank
  • Asakabank
  • Asia Alliance Bank
  • Biznesni rivojlantirish banki
  • Hamkorbank
  • Ipak Yuli Bank
  • Ipotekabank
  • Mikrokreditbank
  • Orient Finans Bank
  • Trastbank
  • Turonbank
  • Xalq banki
  • Oʻzmilliybank
  • Oʻzsanoatqurilishbank

Ariza beruvchi oʻz xohishiga koʻra daromad hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining daromadlarini ham qoʻshishi mumkin.

Talabgor va uning yaqin qarindoshlarining oʻrtacha oylik daromadi quyidagi chegaralarda boʻlishi kerak:

  • Qoraqalpogʻiston va viloyatlarda — MHTEKMning 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (3,431 mln — 10,168 mln soʻm)
  • Toshkent shahrida — MHTEKMning 2,7 baravaridan 9,2 baravarigacha (3,431 mln — 11,693 mln soʻm)

Subsidiya va uni olish tartibi haqida batafsil maʼlumot bilan Pinkod maqolasida tanishish mumkin:


Uy-joy xaridi uchun subsidiya olish tartibi qanday?


Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+