12 309.990 so‘m

decrease

-10.350

14 666.120 so‘m

increase

51.730

159.640 so‘m

increase

0.280

12 309.990 so‘m

decrease

-10.350

11 soat avval
Bank
104

“Ipoteka bank” vafot etgan xodimining oilasiga moddiy yordam ajratib, uning ipoteka qarzini toʻliq qoplaydi

“Ipoteka bank” OTP Group’da ish vaqtida sogʻligi yomonlashib, keyinchalik vafot etgan xodim Qozoqov Qahramon Abdullayevichning oilasiga 80 mln soʻmdan ortiq moddiy yordam ajratiladi. Shuningdek, bank marhumning 257 mln soʻmdan ortiq ipoteka qarzini toʻliq qoplab berishga qaror qildi.

“Ipoteka bank” vafot etgan xodimining oilasiga moddiy yordam ajratib, uning ipoteka qarzini toʻliq qoplaydi
Foto: AI/Pinkod.uz

Fevral oyida “Ipoteka bank” OTP Group’ning koʻp yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan xodimi ish jarayonida sogʻligi yomonlashgani sababli shifoxonaga yotqizilgan. Biroq xodim kasalxonada vafot etgan.

Maʼlum qilinishicha, “Ipoteka bank” OTP Group marhum xodim — Qozoqov Qahramon Abdullayevichning vafoti munosabati bilan chuqur va samimiy hamdardlik bildirib, uning oilasi va yaqinlariga taʼziya izhor etgan.

Bank rahbariyati vafot etgan xodimning oilasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ichki normativ hujjatlarga muvofiq moliyaviy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Xususan, oila boquvchisini yoʻqotgani munosabati bilan taxminan 44,5 mln soʻm miqdorida moddiy yordam oladi.

Bundan tashqari, yillik bonus sifatida oilaga 38 mln soʻmdan ortiq mablagʻ toʻlab berilishi belgilangan.

Shuningdek, bank hamdardlik va oilani qoʻllab-quvvatlash maqsadida marhum xodimning 257 mln soʻmdan ortiq ipoteka qarzini toʻliq qoplash toʻgʻrisida qaror chiqargan.

“Bank Qozoqov Qahramon Abdullayevichning bank rivojiga qoʻshgan hissasi uchun chin dildan minnatdorlik bildiradi va yana bir bor uning oila aʼzolari, yaqinlari hamda doʻstlariga chuqur hamdardlik izhor qiladi”, — deyiladi xabarda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+