iPhone 17 modellari qachon taqdim etilishi maʼlum boʻldi
Yangi smartfonlar 9 sentabr kuni namoyish etilib, 19 sentabrdan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Apple kompaniyasi navbatdagi katta taqdimot sanasini eʼlon qildi. Yangi iPhone 17 seriyasi 2025 yil 9 sentabr kuni jamoatchilikka taqdim etiladi.
Anʼanaga koʻra, taqdimotdan keyin qisqa muddat ichida oldindan buyurtmalar qabul qilinadi. Manbalarga koʻra, pre-orderlar 12 sentabrda, doʻkonlardagi sotuvlar esa 19 sentabrda boshlanishi kutilmoqda.
Narxlar oshishi kutilmoqda
Soʻnggi yillarda barqaror boʻlib kelgan narxlar bu safar oshishi mumkin. Xususan, yangi Air, Pro va Pro Max modellari uchun narx 50 dollargacha koʻtarilishi taxmin qilinmoqda. Oddiy iPhone 17 esa $799 boshlangʻich narxida qolishi mumkin.
AQSh bozorida iPhone 17’larning taxminiy narxlari:
- iPhone 17 Air — $949
- iPhone 17 Pro — $1,049
- iPhone 17 Pro Max — $1,249
Kamera va dizayn yangiliklari
Yangi iPhone 17 seriyasi kameralar boʻyicha sezilarli oʻzgarishlarga ega boʻladi:
- Barcha modellarda old kamera 24MP (avvalgi 12MP oʻrniga), bu selfi sifatini oshiradi va 2x zoom imkonini beradi.
- iPhone 17 Pro — 48MP telefoto kamera, 3.5x optik zoom (85 mm) va 12MP 7x crop zoom funksiyalariga ega.
- Yangi “kamera paneli” dizayni Pro va Air modellari uchun toʻliq orqa qopqoqni egallaydi. Oddiy iPhone 17 esa ikki kamerali vertikal modul bilan keladi.
- Soʻnggi sizintilarga koʻra, iPhone 17 Pro’da 8x telefoto zoom, maxsus kamera boshqaruv tugmasi va pro-darajadagi kamera ilovasi boʻlishi ham mumkin.
iPhone 17 Air — eng yupqa iPhone
Yangi iPhone 17 Air modeli avvalgi Plus variantining oʻrnini bosadi. U “Slim” nomi bilan ham atalmoqda va quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
- Qalinligi atigi 6,25 mm, eng yupqa qismi — 5,5 mm.
- Kattaroq displey va ixcham dizayn.
- Biroq yupqalashish natijasida batareya sigʻimi 2800 mA/s atrofida boʻlib, bu iPhone 16’dagidan qariyb 20 foiz kichik.
- Narxi taxminan $899 boʻlishi mumkin.
- Qurilma A19 yoki A19 Pro chip bilan jihozlanadi, orqa qismida 48MP kamera, old qismida esa 24MP kamera boʻladi.