11 962.780 so‘m

decrease

-6.880

13 887.590 so‘m

decrease

-40.310

153.940 so‘m

increase

1.380

11 962.780 so‘m

decrease

-6.880

16-iyun, 2025
Texnologiya
513

Instagram’da yangi funksiyalar: Spotify bilan integratsiya va profil tartibini sozlash imkoniyati

Instagram foydalanuvchilar uchun bir nechta yangi funksiyalarni taqdim etdi. Ular orasida Spotify qoʻshiqlarini Notes’da ulashish, postlar tartibini oʻzgartirish va ijodiy imkoniyatlarni kengaytiruvchi “Anyway” kampaniyasi mavjud.

Instagram’da yangi funksiyalar: Spotify bilan integratsiya va profil tartibini sozlash imkoniyati
Foto: AI / Pinkod.uz

Instagram bir qator yangi funksiyalarni joriy etmoqda. Bu haqda The Verge nashri xabar berdi.

Yangi imkoniyatlardan biri — foydalanuvchilarga Spotify orqali ayni damda tinglayotgan qoʻshiqlarini Instagram Notes (yaʼni DM boʻlimidagi profil rasmi ustida koʻrinadigan vaqtinchalik statuslar) orqali avtomatik ulashish imkonini beradi. Bu funksiya qoʻshiq nomi va ijrochisini real vaqt rejimida yangilab boradi. Natijada, kuzatuvchilar foydalanuvchining musiqiy kayfiyati haqida aniqroq tasavvurga ega boʻlishadi. Bundan tashqari, “Spotify’ga qoʻshish” tugmasi ham paydo boʻladi — bu orqali tinglangan qoʻshiqni toʻgʻridan-toʻgʻri oʻz pleylistingizga qoʻshish mumkin boʻladi.

Yana bir muhim yangilik — foydalanuvchilar tez orada oʻz profillaridagi postlar tartibini mustaqil ravishda oʻzgartira olishadi. Instagram rahbari Adam Mosseri bu funksiyani ijodkorlar uchun profilni yanada jozibali va tartibli koʻrinishda saqlash imkoniyati sifatida taʼriflagan.

Bundan tashqari, Instagram “Anyway” nomli yangi kampaniyasi doirasida foydalanuvchilarga ijodiy jarayonlarda koʻproq erkinlik berishni maqsad qilmoqda. Kampaniya doirasida ilgari ayrim foydalanuvchilarga taqdim etilgan — reelsʼni dastlab notanish auditoriyada sinab koʻrish funksiyasi — endi barcha foydalanuvchilar uchun ochildi. Statistik maʼlumotlarga koʻra, ushbu funksiyani sinagan foydalanuvchilarning 40 foizi reels joylashtirish faolligini oshirgan.

Ushbu yangiliklar orqali Instagram foydalanuvchilarni “notoʻgʻri” yoki “mukammal boʻlmagan” deb oʻylangan gʻoyalardan uyalmaslikka, erkin va ishonch bilan ijod qilishga undamoqda.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+