12 937.160 so‘m

increase

23.970

13 937.200 so‘m

increase

28.400

154.550 so‘m

increase

0.380

12 937.160 so‘m

increase

23.970

27-fevral, 12:24
Texnologiya

Instagram oʻzining Reels funksiyasi uchun alohida ilova chiqarish mumkin

Kompaniya TikTok’ning AQShdagi noaniq holatidan yangi ilovani chiqarish orqali foydalanib qolmoqchi.  

Instagram oʻzining Reels funksiyasi uchun alohida ilova chiqarish mumkin
Foto: Reuters

Instagram bosh direktori Adam Mosseri xodimlariga kompaniya Reels uchun alohida ilova yaratish masalasini koʻrib chiqayotganini maʼlum qildi, deb xabar berdi Reuters.

Meta ushbu qaror orqali AQShda TikTok’ning noaniq holatidan foydalanib, foydalanuvchilarga xuddi shunga oʻxshash video tomosha qilish tajribasini taqdim etishni maqsad qilmoqda.

Reels 2020 yil 5 avgustda AQSh va boshqa 50 dan ortiq mamlakatlarda TikTok’ning ommalashuvi va AQShdagi ehtimoliy taqiqiga javoban Instagram‘da taqdim etilgan. Dastlab 15 soniyalik videolar taklif etgan bu xizmat, 2020 yil sentabrda 30 soniyaga, 2021 yil iyulda 60 soniyaga, 2022 yil iyunda 90 soniyaga va 2025 yil boshida ayrim foydalanuvchilar uchun uch daqiqagacha kengaytirildi.

2025 yil yanvar oyida Meta Edits nomli video tahrirlash ilovasini eʼlon qildi. Ushbu dastur TikTok’ning mashhur tahrirlash ilovasi CapCut foydalanuvchilarini jalb qilishga moʻljallangan. Ayniqsa, TikTok 2025-yil 19 yanvarda AQShda vaqtinchalik taqiqqa uchraganida, Prezident Donald Tramp tomonidan 75 kunlik kechiktirish muddati berilgani Meta uchun yangi imkoniyat yaratdi. Alohida Reels ilovasi ham ushbu strategiyaning bir qismi sifatida paydo boʻlishi mumkin. 

Bu Metaʼning TikTok’ga qarshi ilk urinishi emas. 2018 yilda kompaniya Lasso nomli qisqa video ilovasini ishga tushirgan edi. Ammo u ommalashmadi va AQShda uch oy ichida atigi 70 ming marta yuklab olindi. Taqqoslash uchun, TikTok shu davrda 39,6 million yuklab olishga erishgan edi. Shu sabab, Meta 2020 yil iyul oyida Lasso loyihasini yopib, eʼtiborini Instagram ichida Reels’ni rivojlantirishga qaratdi.

 

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+