12 076.180 so‘m

increase

20.370

13 995.090 so‘m

decrease

-13.760

169.470 so‘m

increase

0.410

12 076.180 so‘m

increase

20.370

39 daqiqa avval
Bank
52

“Infinbank”ning asosiy aksiyadori Farhod Mamajonov yangi aviakompaniya tashkil etdi

”Infinbank“ning asosiy aksiyadori Farhod Mamajonov havo transporti sohasidagi yordamchi xizmatlarga ixtisoslashgan “Safo Airlanes” MChJni tashkil etdi. Kompaniya 7 may kuni davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan boʻlib, unda Mamajonov 60 foiz ulushga ega.

“Infinbank”ning asosiy aksiyadori Farhod Mamajonov yangi aviakompaniya tashkil etdi

“Infinbank”ning asosiy aksiyadori hisoblangan Farhod Mamajonov havo transporti sohasida faoliyat yurituvchi yangi kompaniya tashkil etdi. Bu haqda bankning affillangan shaxslari roʻyxatiga kiritilgan oʻzgarishlardan maʼlum boʻldi.

Yangi kompaniya “Safo Airlanes” MChJ nomi bilan 7 may kuni davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. Kompaniyaning asosiy faoliyat turi havo transporti sohasidagi yordamchi xizmatlar koʻrsatish etib belgilangan.

Kompaniya ustav kapitalida quyidagi shaxslar ulushga ega:

  • Farhod Faxritdinovich Mamatdjanov — 60 foiz;
  • Mixail Alenkin — 30 foiz;
  • Avazjon Toshpoʻlatov — 10 foiz.

Farhod Mamajonov Infinbank, Uztex Tashkent va Rakat Plaza kabi yirik korxonalar bilan bogʻliq tadbirkor sifatida tilga olinadi.

“Infinbank” rasmiy saytida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, Farhod Mamajonov bankning 43,6 foizlik ulushi bilan asosiy aksiyadori hisoblanadi. Bankning qolgan aksiyalari “Prestij Rielt” MChJga — 24,45 foiz, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga — 22,9 foiz, “Azia Trans Terminal” MChJga — 6,26 foiz va Parviz Abdusamatovga — 2,8 foiz miqdorida tegishli.

Avvalroq “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ Infinbank ustav kapitalidagi ulushini 23 foizgacha oshirgani maʼlum qilingandi. 2025 yil 29 dekabr kuni bankning 10 foizdan ortiq ulushga ega aksiyadorlari roʻyxatida oʻzgarishlar qayd etilgan.

Kompaniyaning “Infinbank” ustav kapitaliga kirishi 2025 yil oktabr oyida amalga oshirilgan boʻlib, dastlab 15 foiz aksiya sotib olingan. Keyinchalik ushbu ulush 19 foizgacha oshirilgan. Dekabr oyiga kelib esa kompaniyaning bankdagi ulushi 23 foizga yetdi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+