12 258.380 so‘m

increase

16.210

14 455.080 so‘m

decrease

-67.810

159.490 so‘m

decrease

-0.410

12 258.380 so‘m

increase

16.210

1 soat avval
Work&life
26

Ilon Mask tarixda ilk bor boyligi $800 mlrddan oshgan odamga aylandi

Forbes hisob-kitoblariga koʻra, SpaceX va xAI birlashuvidan soʻng Ilon Mask tarixda ilk bor boyligi $800 milliarddan oshgan inson boʻldi.

Ilon Mask tarixda ilk bor boyligi $800 mlrddan oshgan odamga aylandi
Foto: AI/Pinkod.uz

Tesla va SpaceX asoschisi, amerikalik tadbirkor Ilon Mask tarixda birinchi boʻlib boyligi $800 milliarddan oshgan inson sifatida qayd etildi. Bu haqda Forbes nashri xabar berdi.

Mazkur rekord natija SpaceX’ning Ilon Maskga tegishli sunʼiy intellekt kompaniyasi — xAI’ni sotib olishi ortidan yuzaga keldi. Bitim natijasida kosmik texnologiyalar giganti va sunʼiy intellekt yoʻnalishidagi biznes birlashdi.

Forbes hisob-kitoblariga koʻra, SpaceX va xAI qoʻshilgach, yangi kompaniya $1,25 trillionga baholandi. Ushbu kelishuv Mask boyligini qariyb $84 milliardga oshirib, uning sof aktivlari qiymatini $852 milliardga yetkazdi.

Roʻyxatda ikkinchi oʻrinni yirik farq bilan Google hammuassisi Larri Peyj $277,9 mlrd boylik bilan egallab turibdi. Kuchli uchlikni yana bir Google hammuassisi Sergey Brin $256,3 mlrd bilan yakunladi.

Bitimdan avval Ilon Mask SpaceX kompaniyasining 42 foiz ulushiga ega edi. Dekabr oyidagi baholashlarga koʻra, SpaceXʼning umumiy qiymati $800 milliard boʻlib, Mask ulushi $336 milliardni tashkil etgan. Shuningdek, u xAI kompaniyasining 49 foiziga egalik qilgan boʻlib, bu ulush $122 milliardga baholangan.

Birlashuvdan soʻng SpaceX $1 trillion, xAI esa $250 milliard qiymat bilan baholandi.

22 dekabrda Maskning boyligi birinchi marta $700 mlrddan oshgandi, 16 dekabrda esa u birinchi marta $600 mlrdlik marrani zabt etgandi.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2026 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+