12 931.940 so‘m

decrease

-8.170

14 107.450 so‘m

increase

51.900

150.180 so‘m

increase

4.560

12 931.940 so‘m

decrease

-8.170

5 kun avval
Work&life

Ilon Mask boyligi $100 mlrddan koʻproqqa kamaydi — Forbes

Uning boyligi hozirda $342,8 mlrdni tashkil qilmoqda. Bu esa saylovdan keyingi rekorddan $121,2 mlrdga kamroqdir.

Ilon Mask boyligi $100 mlrddan koʻproqqa kamaydi — Forbes
Foto: AI / Pinkod.uz

Dunyoning eng boy odami – Ilon Mask oʻz boyligining sezilarli qismini yoʻqotdi. Tesla aksiyalari esa pasayishda davom etmoqda. Bunga AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy qilingan boj tariflari sabab boʻldi. Kanada, Xitoy va Meksika kabi asosiy savdo hamkorlariga qarshi qoʻllanilgan ushbu tariflar investorlarning ishonchini pasaytirib, fond bozorlariga salbiy taʼsir koʻrsatdi.

Forbes’ning real vaqt reytingiga koʻra, Mask bir kunda 8,8 milliard dollar yoʻqotdi va uning umumiy boyligi $342,8 mlrdga tushdi. Bu dekabr oyida qayd etilgan $464 mlrdlik rekorddan keyingi keskin pasayishni anglatadi. Oʻshandan beri Maskning boyligi $121,2 mlrdga kamaydi.

Tesla aksiyalari payshanba kuni 6% ga pasayib, 263 dollardan biroz yuqoriroq narxda savdoni yakunladi. Bu oʻtgan yilning eng yuqori narxidan 45%lik pasayishni anglatadi.

Bundan tashqari, S&P 500 indeksi ham 1,8% ga tushdi, bu esa boj tariflarining bozorga boʻlgan salbiy taʼsirini yana bir bor tasdiqlaydi.

Shunga qaramay, Mask dunyoning eng boy odami boʻlib qolmoqda va u hali ham Meta bosh direktori Mark Sukerbergdan 120 milliard dollarga boyroqdir.

Mask yoʻqotgan mablagʻ quyidagi milliarderlarning umumiy boyligidan koʻproq:

  • Microsoft sobiq bosh direktori Stiv Balmer — 118,9 milliard dollar.
  • Osiyoning eng boy odami Mukesh Ambani — 89,8 milliard dollar.

Tesla aksiyalarining dastlabki oʻsishi Maskning Tramp va Respublikachilarga 300 million dollardan ortiq mablagʻ ajratgani bilan bogʻliq edi. Investorlar ayniqsa avtonom haydash texnologiyalari uchun qulay siyosiy muhit yaratilishiga umid qilishgan edi.

Biroq, Tesla faoliyati xalqaro taʼminot zanjiriga bogʻliq boʻlib, ayniqsa Xitoy kompaniyaning ikkinchi eng yirik bozori hisoblanadi. Bundan tashqari, Tesla Kanadadan muhim qismlarni import qiladi. 

Undan tashqari Maskning tez-tez Yevropa davlatlari, jumladan Germaniyadagi oʻng qanot partiyalarini qoʻllab-quvvatlashi, Tesla’ning ushbu mintaqadagi savdolari keskin pasayishiga olib keldi. Natijada kompaniya Germaniyadagi savdolari fevral oyida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 76% ga pasaydi.


Mavzuga doir: Maskning Trampga yaqinligi uning bizneslariga qanday foyda keltiradi?


Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+