ILMA 4 ta sugʻurta kompaniyasiga 156,5 mln soʻm jarima qoʻlladi
Jarima GLOBAL INSURANCE GROUP, SEMURG INSURANCE, INSON va ALSKOM SUG‘URTAʼga nisbatan qoʻllanilgan. Ular orasida ALSKOM SUG‘URTA tashkilotining birinchi yarim yillikdagi sof foydasi 13,5 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) sugʻurta tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish doirasida 4 ta sugʻurta kompaniyasiga nisbatan jarima sanksiyalarini qoʻlladi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.
Tekshiruvlar davomida mazkur kompaniyalar moliyaviy koʻrsatkichlar boʻyicha qonunchilikda belgilangan meʼyorlarga toʻliq rioya etmagani aniqlangan. Natijada ularga jami 156,5 million soʻm miqdorida jarima solindi.
Jarima miqdorlari quyidagicha taqsimlandi:
- “GLOBAL INSURANCE GROUP” AJ ST — 35,0 mln soʻm
- “SEMURG INSURANCE” AJ — 31,5 mln soʻm
- “INSON” AJ ST — 40,0 mln soʻm
- “ALSKOM SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ — 50,0 mln soʻm
Sugʻurta kompaniyalari daromadlari
Avvalroq Pinkod Oʻzbekistondagi sugʻurta kompaniyalarining birinchi yarim yillikdagi sof foydasi haqida maʼlumot bergandi. Unga koʻra, Apex Insurance 125,8 mlrd soʻm sof foyda bilan eng yuqori natijani qayd etgan.
Jarima qoʻllangan kompaniyalar orasida:
- ALSKOM SUG‘URTA — 13,5 mlrd soʻm sof foyda
- GLOBAL INSURANCE — 3,6 mlrd soʻm
- INSON — 600 mln soʻm sof foyda koʻrsatgan.
Boshqa jarimalar
Shuningdek, avvalroq Markaziy bank tomonidan TBC Bank, Davrbank va Hamkorbankka nisbatan jami 2,5 mlrd soʻm jarima sanksiyalari qoʻllangani ham xabar qilingandi.