12 149.550 so‘m

increase

8.640

14 087.400 so‘m

increase

34.300

150.440 so‘m

increase

1.030

12 149.550 so‘m

increase

8.640

4 kun avval
Work&life

Ilk milliarder futbolchi: Krishtianu Ronaldu $1,4 mlrdlik boyligini qanday toʻpladi?

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu Bloomberg milliarderlar indeksiga koʻra 1,4 milliard dollarlik boylikka erishdi. 

Yigirma yildan ortiq davom etgan faoliyati mobaynida Ronaldu “Manchester Yunayted”, “Real Madrid” va “Yuventus” klublarida oʻynab, reklama shartnomalari orqali yuzlab million dollar ishlab topdi. 

U tomonidan joriy yilda imzolangan shartnoma esa sportchi boyligini rekord darajaga olib chiqdi.

Ilk milliarder futbolchi: Krishtianu Ronaldu $1,4 mlrdlik boyligini qanday toʻpladi?
Foto: AI / Pinkod.uz

Portugaliyalik afsonaviy futbolchi Krishtianu Ronaldu nafaqat maydondagi yutuqlari, balki moliyaviy muvaffaqiyatlari bilan ham tarix yozmoqda. Bloomberg milliarderlar indeksiga koʻra, uning boyligi 1,4 milliard dollarga yetib, ushbu koʻrsatkichga erishgan ilk futbolchi sifatida qayd etildi.

Ronaldu bu darajaga Yevropaning eng nufuzli klublarida yigirma yildan ortiq faoliyati davomida toʻplagan daromadlar, yirik reklama shartnomalari hamda Saudiya Arabistonining “Al-Nassr” klubi bilan imzolagan rekord qiymatdagi kontrakt orqali erishdi. U 2025 yilda “Al-Nassr” bilan 400 million dollardan ortiq qiymatga ega shartnoma tuzdi. Bu nafaqat futbol tarixidagi eng katta bitimlardan biri, balki uning boyligini keskin oshirgan asosiy omillardan biri boʻldi.

40 yoshli portugaliyalik yulduz Yevropaning “Manchester Yunayted”, “Real Madrid” va “Yuventus” kabi yirik klublarida yigirma yildan ortiq faoliyat yuritar ekan, oʻz mashhurligidan samarali foydalandi. U Nike va Armani kabi dunyoga mashhur brendlar bilan yirik reklama shartnomalarini imzoladi. Aynan shunday shartnomalar, yuqori maoshlar va soliqdan xoli daromadlar uni dunyoning eng boy sportchilaridan biriga aylantirdi.

What is Cristiano Ronaldo's net worth and how much does the Real Madrid ...

Saudiya Arabistonida daromadlar soliqqa tortilmasligi, shuningdek klubning maʼlum ulushini qoʻlga kiritish va shaxsiy samolyotdan foydalanish kabi qoʻshimcha imtiyozlar Ronalduning boyligini yanada oshirdi. 

Bloomberg hisob-kitoblariga koʻra, futbolchining sof boyligi 1,4 milliard dollarga teng. Bu hisob-kitoblar uning butun karerasi davomida olgan daromadlari, sarmoyalari, reklama shartnomalari, soliq stavkalari va bozor holatini inobatga olgan holda tuzilgan.

Qashshoqlikdan milliarderlikkacha

Ronalduning boylikka yoʻli silliq boʻlmagan. U Atlantika okeanidagi Madeira orolida kambagʻal oilada ulgʻaygan. Kirish 14 yoshida maktabni tashlab, butun eʼtiborini futbolga qaratdi. 

Cristiano Ronaldo de retour au Sporting Portugal grâce à Nike

Keyinchalik Portugaliya materigiga koʻchib, Sporting Lissabon klubida shuhrat qozondi va katta yevropalik klublarning eʼtiboriga tushdi. 2003 yilda “Manchester Yunayted”ga, 2009 yilda esa “Real Madrid”ga oʻtishi uning daromadlarini keskin oshirdi.

Bugungi kunda Madeirada Krishtianu Ronaldu nomi bilan atalgan xalqaro aeroport, CR7 muzeyi va Pestana CR7 mehmonxonasi mavjud.

Cristiano Ronaldo HD, Manchester United F.C., HD Wallpaper | Rare Gallery

Ismi Ronald Reagan sharafiga qoʻyilgan Ronaldu 2002–2023 yillar oraligʻida 550 million dollardan ortiq maosh olgan. U Nike bilan 10 yillik, yiliga 18 million dollarlik shartnoma imzolagan va Armani hamda Castrol kabi brendlar bilan reklama bitimlari orqali yana 175 million dollarga yaqin daromad topgan. 

2023 yilda “Al-Nassr”ga oʻtishi unga soliqlarsiz yiliga 200 million dollarlik maosh va bonuslar, shuningdek 30 million dollarlik imzo bonusini taqdim etdi.

Messi bilan taqqoslash

Lionel Messi ham futbol tarixidagi eng koʻp daromad olgan futbolchilardan biri boʻlsa-da, Ronalduning soʻnggi yillardagi moliyaviy yuksalish surʼati yuqoriroq boʻldi. Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, Messi karerasida soliqqa qadar 600 million dollardan ortiq maosh olgan. 2023 yildan beri esa u yiliga 20 million dollarlik kafolatli maosh olmoqda va Apple bilan daromad ulashish shartnomasiga ega. Soʻnggi ikki mavsumda Messining kafolatli maoshi Ronaldoning shu davrdagi daromadining oʻndan biriga teng boʻlgan.

Football superstars and longtime rivals Lionel Messi and Cristiano Ronaldo play chess on a Louis Vuitton trunk in a campaign shot by Annie Leibovitz.
2022 yil noyabr oyidagi Louis Vuitton uchun reklama 

Ronalduning daromadlari Devid Bekxem kabi ilgari mashhur boʻlgan futbolchilar bilan solishtirganda ham misli koʻrilmagan darajada katta. Bekxem 2013 yilda nafaqaga chiqqanida umumiy 100 million dollar ishlab topgan edi. Ronaldo esa sport tarixida yangi moliyaviy meʼyorlarni belgilab berdi.

Boylikni boshqarish va investitsiyalar

Ronaldu oʻz boyligini boshqarishda Lissabondagi LMcapital Wealth Management kompaniyasi rahbari Migel Markesga tayangan. Markes ilgari Shveysariya bankida ishlagan boʻlib, hozirda 1,4 milliard yevrolik aktivlarni boshqaradi. Uning ofisi Lissabondagi hashamatli Louis Vuitton doʻkoni ustida joylashgan.

Ronaldu asosan Portugaliyada sarmoya kiritadi va qarorlarni doʻstlari hamda uzoq yillik maslahatchilari bilan birga qabul qiladi. U sodiqlikka katta ahamiyat beradi. Masalan, Lissabondagi City of Padel klubining ulushini sotib olishni koʻrib chiqqan, 2024 yilda esa Lisboa Racket Center loyihasida ishtirok etgan. CR7 brendi, mehmonxonalar tarmogʻi, fitnes zallari va media kompaniyasi bor boʻlsa-da, bu yoʻnalishlar uning boyligining asosiy manbai emas.

Cristiano Ronaldo's Business Ventures: Fashion to Hotels
 

Ronaldu katta koʻchmas mulk portfeliga ham ega. Madeirada hashamatli uy, Lissabonda esa kvadrat metr narxi boʻyicha rekord oʻrnatgan penthaus uning mulklariga kiradi. Hozirda u Lissabon yaqinidagi Quinta da Marinha nomli golf kurortida 20 million yevroga baholangan villa qurmoqda. Bu loyiha koʻplab turistlar va mahalliy aholining eʼtiborini tortgan, hatto golf klubi egalari noqonuniy ekskursiyalarni toʻxtatishga majbur boʻlgan.

Kelajak rejalar

660 milliondan ortiq obunachisi bilan Ronaldu Instagramʼdagi eng mashhur inson hisoblanadi. Saudiya Arabistoni turizmini rivojlantirish jarayonida bu omil katta ahamiyat kasb etmoqda. Ronalduning “Al-Nassr”ga kelishi katta shov-shuvga sabab boʻldi — dastlabki oʻyinlariga minglab muxlislar tashrif buyurdi, stadionlar toʻlib ketdi. U tez orada jamoaning eng koʻp gol uruvchi futbolchisiga aylandi. 

Biroq vaqt oʻtishi bilan dastlabki hayajon pasaydi, ayrim oʻyinlarga keluvchilar soni 6 mingdan kam boʻldi. Shunga qaramay, u Saudiya ligasini faol himoya qiladi va uni Fransiyaning Ligue 1 ligasidan kuchliroq deb baholaydi.

Cristiano Ronaldo signs new contract at Al Nassr until 2027 | Football ...

Endilikda Ronaldo uchun asosiy savol faoliyatini yakunlagach, qanday yoʻl tutishidir. U professional darajada oʻynayotgan eng yoshi katta futbolchilardan biri va “Al-Nassr” safida nafaqaga chiqishni rejalashtirgan. 

Shuningdek, u Bekxem singari bir nechta futbol klublariga egalik qilishni orzu qiladi. Bu orzuning bir qismi allaqachon roʻyobga chiqqan — yangi shartnoma doirasida u «Al-Nassr»ning 15 foizlik ulushini qoʻlga kiritgan. Shu surʼatda davom etsa, u futbolni tark etgach ham koʻplab yangi imkoniyatlarga ega boʻlishi aniq.

Pinkod.uz saytida e'lon qilingan materiallardan nusxa ko'chirish, tarqatish va boshqa shakllarda foydalanish faqat tahririyat yozma roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 15.10.2024 sanasida №440126 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida ro‘yxatga olingan.

© 2025 Pinkod.uz.
Barcha huquqlar himoyalangan.

18+